Tarixi
“O'zbek tili va adabiyoti” kafedrasi mudiri,
Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent
Kilicheva Feruza Beshimovna
Теl.: +99871-237-19-43
Email: f.kilicheva@tiiame.uz
“O’zbek tili va chet tillar” kafedrasi institutda faoliyat ko’rsatib kelgan “O’zbek tili”, “Rus tili” va “Chet tili” kafedralarining qo’shilishi natijasida 2004 yilning 16 sentyabrida tashkil etildi va professor M.A.Batirova kafedra mudiri etib tayinlandi. 2014 yilning 2 yanvaridan kafedra tarkibidagi ingliz tili fani alohida ajratilib, “Ingliz tili” kafedrasi tashkil topdi. “O’zbek tili va chet tillar” kafedrasi mudiri lavozimiga katta o’qituvchi I.V.Allenova tayinlandi. Kafedraga 2015 yil aprel oyidan boshlab pedagogika fanlari nomzodi, dotsent F.B.Kilicheva mudir etib tayinlandi va hozirgi kungacha boshqarib kelmoqda. “O’zbek tili va chet tillar” kafedrasi 2016 yil 1 apreldan “Tillar” kafedrasi deb nomlandi. “Tillar” kafedrasi 2021 yil 2 sentyabrdan “O’zbek tili va adabiyoti” kafedrasi deb yuritila boshladi. Hozirgi “O’zbek tili va adabiyoti” kafedrasining asosini tashkil qiluvchi “Rus tili” kafedrasining asosiy tashkilotchilaridan biri va rahbari bo’lgan filologiya fanlari nomzodi, professor M.A. Batirova hisoblanadi. U 1969-2014 yillar davomida kafedraning rivojlanishga ko’p yillik mehnatini sarflab, kafedra professor-o’qituvchilari va yordamchi xodimlar tarkibini shakllantirgan va ularning samarali faoliyat olib borishlarini yo’lga qo’ygan. Uning rahbarligida va samarali mehnati tufayli ko’plab ilmiy, o’quv va amaliy ishlar amalga oshirilgan. Chunonchi, bir nechta monografiya, o’quv qo’llanmalar, o’quv dasturlari va o’quv uslubiy ishlar tayyorlanib chop etilgan. Mustaqillik sharofati bilan o’zbek tili – davlat tiliga e'tibor kuchaytirilganligi sababli texnika oliy o’quv yurtlarida ham “O’zbek tili” kafedralari tashkil etila boshladi. Shu jumladan, 1989 yil institutda “O’zbek tili” kafedrasi tashkil etildi. 1989 yildan 1996 yilgacha kafedrani tashkil etishda va boshqarishda filologiya fanlari doktori, professor X. Qudratillayev samarali mehnat qilgan. 1996 yildan 2004 yilgacha “O’zbek tili” kafedrasiga filologiya fanlari nomzodi, dotsent K.N. Raximova rahbarlik qilgan. Hozirgi kunda kafedraning professor-o’qituvchilaridan prof. M.A.Batirova, dotsent F.B.Kilicheva, katta o’qituvchilar I.V.Allenova, U.T.Tasheva, E.Q.Yusupov va o’qituvchi S.M.Maksudovalar talabalarning rus tilida muloqot qila olish ko’nikmalarini rivojlantirishda, tilni chuqur va puxta egallashlarida jonbozlik qilmoqdalar. Kafedraning o’qituvchilar R.T. Kodirova, U.E. Usmanov, M.A. Koshnazarovalar rus va o’zbek guruhlaridagi talabalarning o’zbek tili – davlat tilini puxta egallashlarida, to’g'ri, ifodali so’zlash, til imkoniyatlaridan o’rinli foydalanish, ish yuritish qog'ozlarini savodli yoza olish qobiliyatlarini shakilantirishda, muomala va nutq madaniyatini egallashlarida samarali mehnat qilishmoqda. LOGO yo’nalishi bo’yicha nemis tili fanidan kafedraning o’qituvchilar B.A. Bobojonov va Sh.M. Yaqubovalar talabalarga nemis tilini puxta va chuqur egallashlarida faollik bilan ish olib borishmoqdalar. Frantsuz tili fanidan o’qituvchilar M.T. Saipova, X.R. Axtamovalar zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar asosida talabalarga tilni chuqur va puxta o’rgatishga harakat qilishmoqda. Kafedraning barcha fan o’qituvchilari o’z fanlaridan amaliy mashg'ulotlarni zamonaviy talab darajasidagi o’qitishning texnik vositalaridan foydalanib o’quv mashg'ulotlarini olib borishmoqda.
Suv xo'jaligini tashkil etish va boshqarish fakulteti O'qitiladigan fanlar Ilmiy ishlar Tadqiqotchilar Hamkorlar Kafedra xodimlari To'garaklar Dars jadvali Aloqalar