Tarixi

«Axborot texnologiyalari» кafedrasi mudiri

f.-m.f.n., dotsent

Abdullaev Zafar Saifutdinovich 

тел: (99871)237-19-48     

E-mail: zabdullaev@yandex.ru

 


1967 yilda «Oliy matematika» kafedrasidan «Hisoblash matematikasi» kafedrasi ajralib chiqqan. 1969 yilgacha kafedrada o‘quv jarayonini tashkil etish uchun mexanik va elektromexanik hisoblash mashinalaridan foydalanilgan. 1969 yilda  birinchi elektron  hisoblash mashinasi «Mir» o‘rnatilgan. 1972 yilda esa kafedraga «Minsk-32» EHM olinib, kafedra qoshida hisoblash markazi tashkil etilgan. Shu yildan boshlab barcha mutaxassisliklar o‘quv rejalariga «Injenerlik va iqtisodiy hisoblashlarda hisoblash texnikasi» fani kiritildi. 1972 yilda institutda «Iskra» tipidagi EHM sinflari tashkil etildi. 1980 yilda o‘quv yurtiga «ES-1022» EHM olindi. «Hisoblash matematikasi» kafedrasining birinchi mudiri dotsent K.K.Konusbekov bo‘lgan. 1972 yildan 1980 yilgacha kafedraga dotsent A.S.Xabirov, 1980 yildan 1994 yilgacha professor A.A.Gafurov rahbarlik qilgan. 1992 yilda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining akademigi V.Q.Qobulov tashabbusi bilan TIMI da «Injenerlik hisoblarida matematik usullar va modellar» kafedrasi tashkil etildi.   1992 yildan 2011 yilgacha kafedraga texnika fanlari doktori, professor H.Eshmatov,  2011 yildan 2017 yilgacha texnika fanlari nomzodi, dotsent S.S.Mirzaev rahbarlik qilgan. 2017 yildan hozirgi kungacha kafedraga dotsent Z.S.Abdullaev rahbarlik qilmoqda. 1994 yilda «Hisoblash matematikasi» va «Injenerlik hisoblarida matematik usullar va modellar» kafedralari birlashtirilib, yangi «Hisoblash matematikasi va matematik modellashtirish» kafedrasi tashkil etildi va unga professor H.Eshmatov mudir etib tayinlandi.  1998-2002 yillarda kafedraga o‘rindoshlik asosida ishlash uchun akademik V.Q.Qobulov taklif etildi. V.Q.Qobulov rahbarligida kafedrada qishloq va suv xo‘jaligining dolzarb muammolarini hal etishda axborot texnologiyalari va matematik usullarni qo‘llash bo‘yicha ilmiy va uslubiy ishlar amalga oshirildi. 2001 yilda kafedra nomi «Informatika va axborot texnologiyalari», 2004 yilda esa «Axborot texnologiyalari» deb o‘zgartirildi. Turli yillarda kafedrada yuqorida nomlari tilga olingan kafedra mudirlari bilan bir qatorda professor G.Shodmonova, dotsentlar Z.M.Landsman, G.A.Popov, D.T.Mirzarahimova, N.Muhamedov, M.R.Musamuhamedov, K.Jamolov, N.B.Shamsitdinov, Z.Saidmurodov, Sh.S.Nasretdinova, M.Yusupov, Sh.P.Bobanazarov, Yu.X.Eshqobilov, X.X.Karimova, D.A.Xodjaev, B.X.Eshmatov, katta o‘qituvchilar M.M.Xodiev, Z.Q.Qurbonaliev, G.A.Rahmonova, R.I.Jukova, I.S.Axmerov, Sh.A.Aynakulov, assistentlar X.Tog‘aev, X.I.Usmonov, Sh.X.Ziyaeva, S.P.Mavlonov, G.A.Abdumalikova, U.A.Nasritdinova, A.O.Mamatkulovlar samarali mehnat qilganlar. Hozirgi kunda kafedraning o‘quv laboratoriyasi zamonaviy kompyuter texnikasi bilan jihozlangan bo‘lib, ular institut lokal tarmog‘i va Internet global tarmog‘iga ulangan. Kafedraning asosiy vazifasi talabalarga axborot texnologiyalarining texnik va dasturiy ta’minotini, qishloq va suv xo‘jaligidagi mutaxassislik masalalarini yechishga axborot texnologiyalari va matematik usullarni qo‘llashni, zamonaviy axborot texnologiyalari va tizimlaridan foydalanish asoslarini, kompyuter tarmoqlarida ishlash asoslarini, ma’lumotlarni qayta ishlash usullari va vositalarini, mutaxassislik masalalarining matematik modellarini  qurishni o‘rgatishdan iborat.  Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan yaratilgan “Informatika va axborot texnologiyalari” o‘quv qo‘llanmasi 2013 yilda “Yilning eng yaxshi darsligi va o‘quv adabiyoti muallifi” Respublika tanlovida 1-o‘ringa sazovor bo‘ldi. Kafedra assistenti U.Nasritdinova 2014 yil o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining “Yoshlarning innovatsion g‘oyalari” Respublika ko‘rik tanlovida ishtirok etib, 2-darajali diplomga sazovor bo‘ldi. Kafedra dotsenti G.Shodmonova 2015 yilda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining “Oliy ta’lim muassasasining eng yaxshi pedagogi” tanlovi g‘olibi bo‘ldi.

Suv xo'jaligini tashkil etish va boshqarish fakulteti O'qitiladigan fanlar Ilmiy ishlar Tadqiqotchilar Hamkorlar Kafedra xodimlari To'garaklar Dars jadvali Aloqalar