Iqtisodiyot

"Iqtisodiyot" kafedrаsi mudiri, i.f.n., dotsent

Sangirova Umida Ravshanovna 

Tel:(99871) 237-19-58

E-mail: u.sangirova@tiiame.uz

 

 


1974 yilda “Gidrotexnika inshootlari qurilishi” fakulteti qoshida “Suv xo‘jaligi iqtisodi va uni tashkil etish” kafedrasi tashkil etildi. Birinchi bo‘lib 1974 yilda “Suv xo‘jaligi iqtisodiyoti” yo‘nalishi bo‘yicha 50 nafar talaba kunduzgi bo‘limga qabul qilindi. Kafedraning tashkilotchisi va birinchi mudiri etib texnika fanlari nomzodi, dotsent Valijonov Axmed Musayevich tayinlandi.  Bu kafedrada o‘qitiladigan asosiy fanlar “Suv xo‘jaligi iqtisodiyoti”, “Suv xo‘jaligi qurilishi iqtisodiyoti”, “Suv xo‘jaligi tashkilotlari faoliyatining iqtisodiy tahlili”, “Iqtisodiy geografiya”, “Suv xo‘jaligida buxgalteriya hisobi va audit”, “Umumiy statistika”, “Suv xo‘jaligi statistikasi”  va “Mehnatni ilmiy tashkil etish” fanlari bo‘lib hisoblangan. Kafedraning birinchi va asosiy o‘qituvchilari iqtisod fanlari nomzodi, dotsent M.M.Mirpayazov, A.P.Pulatov, A.S.Sultonov, A.V.Xidonov, katta o‘qituvchi Z.S.Ivanova, assistent R.A.Badamova keyinchalik kafedraga iqtisod fanlari nomzodi S.R.Ochilov, O.N.Koryakinlar dotsent lavozimida, T.S.Shodmonov, T.G.Djunusovlar assistentlik lavozimida  ishlay boshladilar. 1976 yilda “Suv xo‘jaligini boshqarish” fakulteti tashkil qilingandan keyin kafedra ushbu fakultet tarkibiga o‘tkazildi. 1979-1980  yillarda kafedrada iqtisod fanlari nomzodi, dotsent A.P.Pulatov mudirlik qildi. 1980-1989 yillarda kafedraga iqtisod fanlari nomzodi, dotsent  A.S.Sultonov mudirlik qildi. 1984 yilda iqtisod fanlari nomzodi S.A. Pechatkin dotsent lavozimiga ishga qabul qilindi. 1985 yilda iqtisod fanlari nomzodi V.N.Zarva dotsentlik lavozimiga qabul qilindi.  1985 yilga kelib kafedrada 7 nafar fan nomzodlari dotsentlik lavozimida ishladi. Shu yillar ichida katta o‘qituvchi M.M.Isakova, assistent N.M.Karimova ishga qabul qilindi. 1979 yilda kafedra o‘qituvchilarining say-xarakati bilan birinchi 50 nafar suv xo‘jaligi iqtisodchilari fakultetimizni bitirib  chiqdilar. 1989 yilda dotsent A.S.Sultonov tomonidan “Suv xo‘jaligi iqtisodiyoti” bo‘yicha birinchi o‘quv qo‘llanma tayyorlandi. Ushbu o‘quv qo‘llanma uchun 1991- yilda dotsent Sultonovga professorlik ilmiy unvoni berildi. 1992-yilda professor A.S.Sultonov Xalqaro Injenerlik Akademiyasiga  akademiklikka saylandi. 1996-yilda Toshket irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish injenerlari institutining ilmiy kengashi professor A.S.Sultonovga “Xizmat ko‘rsatgan professor” faxriy ilmiy unvonini berdi. O‘tgan yillar ichida 2 ta professor va o‘nlab dotsentlar yetishib chiqdi. Shu yillar ichida minglab iqtisodchi bakalavrlar va yuzlab magistralar kafedramizni bitirgan.


Suv xoʻjaligini tashkil etish va boshqarish fakulteti Oʻqitiladigan fanlar Ilmiy ishlar Tadqiqotchilar Hamkorlar Kafedra xodimlari To'garaklar Dars jadvali Aloqa