Ilmiy ishlar
“Iqtisodiyot” kafedrasi professor-o‘qituvchilari 2021-2022 o‘quv yili davomida o‘z faoliyatlarida o‘quv jarayoniga yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini qo‘llash, iqtidorli talabalar bilan ishlash, yosh avlodga bilim berish bilan birga ularning yuqori intizomli, malakali mutaxassis bo‘lishlari kabi dolzarb masalalarga qaratishga alohida e’tibor beradilar. 2021-2022 o‘quv yilida kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan har xaftaning shanba kuni ta’lim sifati kuni tashkil etildi va professor-o‘qituvchilar auditoriya darslariga tayyorgarlik holatlari hamda dars mashg‘ulotlarini olib borishi bo‘yicha grafik asosida ochiq darslar o‘tkazildi. Ushbu ochiq darslarda fakultet dekanati xodimlari va kafedralar professor-o‘qituvchilari qatnashdilar. Ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar jarayonida o‘qitishning interfaol usullari, yangi pedagogik va zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalaniladi. O‘tkazilgan ochiq ma’ruzalar talabalar bilan ochiq muloqot tarzida o‘tkazilib, talabalarda juda katta taassurot qoldirdi. Mustaqil ta’limni tashkil etishning asosiy maqsadlaridan biri talabalarga o‘z ustida ishlashni o‘rgatish. Shuning uchun talabalarga mustaqil ta’limga mo‘ljallangan mavzular beriladi va dars davomida ularning ma’ruzalari tinglanadi. Ular berilgan mavzularni mustaqil o‘rganishlari uchun adabiyotlar bilan yetarli darajada ta’minlangan. Kafedra o‘qituvchilari tomonidan talabalarga mustaqil ishlashlari uchun barcha shart-sharoit va imkoniyatlar yaratib berilgan. Ilmiy tadqiqot ishlariga talabalar va yosh olimlarni qiziqtirish hamda ularga ilmiy maslahatlar berishga asosiy e’tibor qaratiladi. Quyida yaqin vaqt ichida kafedrada bajarilgan ilmiy-tadqiqot ishlariga diqqatingizni qaratamiz. “Meva-sabzavot mahsulotlarini sotish tizimida kooperatsiya munosabatlarini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy asoslari” mavzusida (rahbar professor S.Umarov) davlat byudjeti doirasida ilmiy-tadqiqot ishlari olib yakunlandi, yakuniy hisobot topshirildi.
Tadqiqotlar natijasida:
meva-sabzavot mahsulotlarini sotish tizimida kooperatsiya munosabatlarini rivojlantirish iqtisodiy mohiyati va zaruriyati asoslandi hamda kooperatsiya munosabatlarini rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. Bajarilgan ishlar natijasida mahalliy va xorijiy jurnallarda 8 ta maqola chop etildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan e’lon qilingan 29-tur tanlovda “Tog‘ va tog‘oldi hududlarida yong‘oq yetishtirish va sotishning samarali tizimini tashkil etish orqali aholi daromadlarini oshirishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish” mavzusidagi fundamental loyiha topshirildi. Loyiha Ilmiy texnik kengashning “Iqtisodiyot va huquq yo‘nalishi”da dastlabki muhokamadan o‘tib, kelgusi bosqichga tavsiya etildi. Akademik innovatsiyalar granti “Agrar innovatsiyalar va resurslar” fanlararo laboratoriyasini loyihasi (2019-2021 yy.) amalga oshirilmoqda. Loyihaning umumiy qiymati 70 ming AQSh dollari.
Tadqiqotlar natijasida:
- Loyiha doirasida xalqaro kurslar tashkil qilinib, mazkur kurslarda institutning professor-o‘qituvchilari va tayanch doktorantlari tahsil olishmoqda. Jumladan, Stata yordamida «Amaliy ekonometrika”, “Tabiiy resurslarni boshqarish va iqtisodiyoti”, “Tarmoqlararo fanlarda ilg‘or tadqiqot usullari” kurslari bugungi kunda davom etmoqda.
- Loyiha vazifalarida belgilangan “Dala tajribalari” doirasida (2021 yil 1-yarim yilligida) kafedra tayanch doktorantlari loyihada ob’ekt sifatida tanlab olingan hududlar Qashqadaryo, Surxondaryo va Toshkent viloyatlariga xizmat safarlariga yuborildi. Mazkur doktorantlar va mustaqil tadqiqotchilar o‘zlarining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha hududlarda so‘rovnomalar o‘tkazishdi. Har bir tadqiqotchi so‘rovnomalar asosida yig‘ilgan ma’lumotlarini Stata dasturi yordamida tahlil qilgan holda hisobotlarini rasmiylashtirdilar. Kafedrada talabalar ilmiy jamiyatining ish rejasi mavjud. Talabalar ilmiy jamiyatiga 11 nafar talaba jalb etilgan. Talabalar tomonidan bajarilgan ilmiy ishlar natijalari talabalar ilmiy konferensiyalarida ma’ruza qilinadi. Iqtisodiyot kafedrasi yosh o‘qituvchisi tomonidan fakultetning uchinchi bosqich talabalari uchun “Iqtisodiyot tarmoqlarida innovatsion loyihalar” nomli kichik kurs tashkil qilingan va “Economist” jamoasi 2021 yilda tashkil qilindi. Dastlabki jarayonda faqat uchinchi bosqich talabalardan iborat jamoa shakllantirildi. Keyingi bosqichda boshqa kurslarni ham jalb rejalashtirilgan. “Iqtisodiyot” kafedrasida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent moliya instituti, Andijon texnologiyalar va qishloq xo‘jaligi institutlari bilan hamkorlikda Scopus bazasiga kiruvchi 8 ta ilmiy maqola chop etildi. Shuningdek Andijon texnologiyalar va qishloq xo‘jaligi instituti bilan hamkorlikda “Baliqchilik iqtisodiyoti” fanidan namunaviy fan dasturi ishlab chiqildi, “Baliqchilik iqtisodiyoti” nomli o‘quv qo‘llanma yaratildi. “Iqtisodiyot” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan Respublika ilmiy-amaliy anjumanlarda 23 ta, Ilmiy-tadqiqot ishlari natijasi sifatida Xalqaro, Respublika konferensiyalarida va ilmiy amaliy anjumanlarda Scopus bazasida 22 ta ilmiy maqolalar chop etildi. Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 5 ta mualliflik guvoxnomalari olindi. Hisobot davrida OAK jurnallarida “Iqtisodiyot” kafedrasida 26 ta ilmiy maqolalar chop etildi. Xalqaro ilmiy jurnallarda Scopus bazasida 18 ta ilmiy maqolalar chop etildi Shuningdek, 2021-2022 o‘quv yil davomida kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 4 ta monografiya monografiya chop etildi. Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 2021-2022 o‘quv yilida chop ettirilgan ilmiy maqolalar 14-jadvalda keltirilgan. “Iqtisodiyot” kafedrasida ilmiy salohiyatni oshirish bo‘yicha rejali ishlar olib borilayotgan bo‘lib, birgina 2022 yilning yarim yilligida iqtisodiyot fanlari bo‘yicha 1 ta fan doktorlik (DSc) (A.Karimov), 1 ta falsafa doktorlik (PhD) dissertatsiyalari (A.Durmanov) himoya qilindi.