Axborot texnologiyalari

«Axborot texnologiyalari» кafedrasi v.v.b mudiri

t.f.n., dotsent

Mirzaev Soibjon Sobitovich

тел: (99871)237-19-48     

E-mail: s.mirzaev@tiiame.uz

 

 


1967 yilda «Oliy matematika» kafedrasi asosida «Hisoblash matematikasi» kafedrasi tashkil etilgan.

1969 yilgacha kafedrada o‘quv jarayonini tashkil etish uchun mexanik va elektromexanik hisoblash mashinalaridan foydalanilgan. 1969 yilda  birinchi elektron  hisoblash mashinasi «Mir» o‘rnatilgan. 1972 yilda esa kafedraga «Minsk-32» EHM olinib, kafedra qoshida hisoblash markazi tashkil etilgan. Shu yildan boshlab barcha mutaxassisliklar o‘quv rejalariga «Injenerlik va iqtisodiy hisoblashlarda hisoblash texnikasi» fani kiritildi. 1972 yilda institutda «Iskra» tipidagi EHM sinflari tashkil etildi. 1980 yilda o‘quv yurtiga «YeS-1022» EHM olindi.

 «Hisoblash matematikasi» kafedrasining birinchi mudiri dotsent K.K.Konusbekov bo‘lgan. 1972 yildan 1980 yilgacha kafedraga dotsent A.S.Xabirov, 1980 yildan 1994 yilgacha professor A.A.Gafurov rahbarlik qilgan.

1992 yilda O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining akademigi V.Q.Qobulov tashabbusi bilan TIQXMMI da  «Oliy matematika» kafedrasidan  «Injenerlik hisoblarida matematik usullar va modellar» kafedrasi ajralib chiqqan. «Injenerlik hisoblarida matematik usullar va modellar» kafedrasining mudiri  etib texnika fanlari doktori, professor H.Eshmatov tayinlandi.

«Oliy matematika» kafedrasidan yangi kafedraga dotsentlar K.Djamolov,S.S. Mirzayev, Z.Abdullayev, G.Shodmonova, E.Ibrayev,  T.S.Maqsudov, va boshqalar o‘tishgan.

1994 yilda «Hisoblash matematikasi» va «Injenerlik hisoblarida matematik usullar va modellar» kafedralari birlashtirilib, yangi «Hisoblash matematikasi va matematik modellashtirish» kafedrasi tashkil etildi va unga professor H.Eshmatov mudir etib tayinlandi.

Professor H.Eshmatov to‘g‘risida  asosiy malumotlar

H.Eshmatov 1975 yilda nomzodlik dissertatsiyasini, 1991 yilda esa doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

4 ta monografiya, 5 ta o‘quv qo‘llanma, 200 dan ortiq ilmiy maqolalar chop ettirgan, shundan 70 dan ortig‘i nufuzli chet el ilmiy jurnallarida chop etilgan. Ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari bo‘yicha 5 ta EHM dasturiga Davlat patent idorasi tomonidan mualliflik guvohnomalari olingan.

Eshmatov Xasan tomonidan birinchi marta elastiklik nazariyasining chiziqli bo‘lmagan dinamika masalalarining yangi matematik modellari qurilgan. Tahlil asosida qurilayotgan masalalar uchun eng samarali yechish usullari tanlangan. Birinchi marta qovushqoq-elastik sistemalarning cheksiz oraliqdagi dinamik turg‘unligi masalalari yechilgan. Volterra tipidagi chiziqli va chiziqsiz integro-differensial tenglamalar sistemalarini yechishning sonli usullari taklif etilgan va asoslangan.

Professor H.Eshmatov rahbarligida «Matematik modellashtirish» yo‘nalishi bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borib, doktorlik va kandidatlik dissertatsiyalari himoya qilganlar.

Nomzodlik:

1. Akbarov Ummatali, 1991.

2. Axmerov Izzatilla Sobirovich, 1994.

3. Nasretdinova Shaxnoza, 1995.

4. Bobanazarov Sharof Pulatovich, 1997.

5. Xudayarov Baxtiyor Alimovich, 1998.

6. Abdullayev Zafar Sayfutdinovich, 1999.

7. Tuxtabayev Axmadjon Adashevich, 2001.

8. Xodjayev Dadaxan Akmarxanovich, 2009.

9. Kucharov Olimjon Ruzimurotovich, 2012.                                                   

Doktorlik:

1. Xudayarov Baxtiyor Alimovich, 2008.   

2. Abdikarimov Rustamxan Alimxanovich, 2017.

Eshmatov Xasan rahbarligida elastik jismlar mexanikasi masalalarini matematik modellashtirish sohasida ko‘plab chet el mutaxassislari bilan aloqa o‘rnatilgan. Kafedra professor-o‘qituvchilari AQSh, Rossiya, Ukrainaning yetakchi universitetlari olimlari bilan ilmiy hamkorlik qilganlar.

Eshmatov Xasan o‘z ilmiy-pedagogik salohiyatini muttasil ravishda oshirib borgan. U 2005 yilda AQSh ning Kornell Universitetida, 2007 yilda Massachusets texnologiya institutida, 2009 yilda esa Arizona universitetida malakasini  oshirgan.

Institut Ilmiy Kengashi va Ilmiy-uslubiy Kengashi a’zosi. U rahbarlik qilgan davrda «Axborot texnologiyalari» kafedrasi qoshida shahar ilmiy seminari faoliyat ko‘rsatgan.

Eshmatov Xasan O’zbekiston Respublikasining Xalq maorifi a’lochisidir. O’z faoliyati davomida Institut va O’zR Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining bir necha marta tashakkurnomalari hamda faxriy yorliqlari bilan taqdirlangan.

1994-2023 yillarda  kafedrada  professor G.Shodmonova, dotsentlar G.A.Popov, K.Jamolov, S.Mirzayev, Z.Abdullayev, D.T.Mirzarahimova, N.Muhamedov, T.S.Maqsudov,  E.I.Ibrayev, M.R.Musamuhamedov, X.Meyliyev, N.B.Shamsitdinov, Z.Saidmurodov, M.Yusupov, Sh.P.Bobanazarov, Yu.X.Eshqobilov, B.Raxmankulova, X.X.Karimova, D.A.Xodjayev, B.X.Eshmatov, D.Ziyadullayev, katta o‘qituvchilar Z.Q.Qurbonaliyev, G.A.Rahmonova, R.I.Jukova, I.S.Axmerov, Sh.A.Aynakulov, assistentlar X.Tog‘ayev, X.I.Usmonov, Sh.K.Ziyayeva, S.P.Mavlonov, G.A.Abdumalikova, U.A.Nasritdinova, A.O.Mamatkulov, O.Xafizov, K.Kubyashev, S.Ungalov, Sh.Turkmanova, M.Rahmonovalar samarali mehnat qilganlar va qilmoqdalar.

Professorlar B.B.Berkinov va G.Shodmonovalar rahbarligida “Ekonometrika va statistika” maktabi tashkil qilinib, iqtisodiy-matematik usullar va modellar yo‘nalishi bo‘yicha ilmiy ishlar va tadqiqotlar olib borildi va Sh.Ergasheva, B.O. Raxmankulova, X.X.Karimovalar nomzodlik  dissertatsiyalarini himoya qilganlar.

1998-2002 yillarda kafedraga o‘rindoshlik asosida ishlash uchun akademik V.Q.Qobulov taklif etildi. V.Q.Qobulov rahbarligida kafedrada qishloq va suv xo‘jaligining dolzarb muammolarini hal etishda axborot texnologiyalari va matematik usullarni qo‘llash bo‘yicha ilmiy va uslubiy ishlar amalga oshirildi.

2001 yilda kafedra nomi «Informatika va axborot texnologiyalari», 2004 yilda esa «Axborot texnologiyalari» deb o‘zgartirildi.

2011 yildan 2017 yilgacha «Axborot texnologiyalari» kafedrasiga  texnika fanlari nomzodi, dotsent S.S.Mirzayev rahbarlik qilgan.

Shu davrda kafedrada quyidagi natijalarga erishildi:

O’zbekiston Respublikasi aloqa va axborotlashtirish agentligi (hozirgi Raqamli texnologiyalar vazirligi) homiyligida kafedrada 4 ta kompyuter sinfi tashkil etilib, ular 45 dona zamonaviy kompyuterlar bilan jihozlandi. Kafedraga, shuningdek, 5 ta proyektor, 5 ta printer, 1 ta elektron doska olinib, ulardan o‘quv jarayonida hamda ilmiy-tadqiqot va o‘quv-metodik ishlarni bajarishda foydalanilmoqda.

2011-2017 yillarda kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 1 ta darslik, 3 ta monografiya, 2 ta o‘quv qo‘llanma chop etildi.

Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan yaratilgan “Informatika va axborot texnologiyalari” o‘quv qo‘llanmasi 2013 yilda “Yilning eng yaxshi darsligi va o‘quv adabiyoti muallifi” Respublika tanlovida 1-o‘ringa sazovor bo‘ldi.

Kafedra assistenti U.Nasritdinova 2014 yil o‘tkazilgan O’zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining “Yoshlarning innovatsion g‘oyalari” Respublika ko‘rik tanlovida ishtirok etib, 2-darajali diplomga sazovor bo‘ldi.

Kafedra dotsenti G.Shodmonova 2015 yilda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining “Oliy ta’lim muassasasining eng yaxshi pedagogi” tanlovi g‘olibi bo‘ldi.

2017 yildan 2023 yilgacha kafedraga dotsent Z.S.Abdullayev rahbarlik qilgan.

Dotsent  Z.Abdullayev 1992-94 yillarda kafedrada katta laborant, 1994-1997 yillarda aspirant, 1998- 2001 yillarda assistent, 2001-2004 yillarda «Suv xo‘jaligini  boshqarish va uning iqtisodiyoti» fakulteti dekani muovini va 2004-2017 yillarda SXBI fakulteti dekani lavozimlarida ishlagan.

2017 yilda kafedra mudiri lavozimiga professor X.Eshmatovning shogirdi fizika-matematika fanlari nomzodi Z.Abdullayev tayinlandi. Z.Abdullayev tomonidan 2 ta darslik, 2 ta mobil elektron darslik, 8 ta  o‘quv qo‘llanma, 4 ta monografiya, 100 dan ortiq ilmiy maqolalar, shu jumladan nufuzli horijiy ilmiy jurnallarda 10 dan ortiq ilmiy maqolalar chop ettirilgan.

Kafedra mudiri Z.S. Abdullayev rahbarligida kafedraning o‘quv laboratoriyasi zamonaviy kompyuter texnikasi bilan jihozlandi, ular institut lokal tarmog‘i va Internet global tarmog‘iga ulandi.

Hozirgi kunda  kafedraga dotsent S.S.Mirzayev rahbarlik qilmoqda. Kafedrada professor G.Shodmonova,  dotsentlar B.Raxmankulova, X.X.Karimova, D.Sh.Ziyadullayev, katta o‘qituvchi Sh.A.Aynakulov, assistentlar Sh.X.Ziyayeva, K.Kubyashev, Sh.Turkmanova, M.Rahmonova, S.Ungalovlar samarali mehnat qilmoqdalar.

Kafedra professor-o‘qituvchilari bir qancha OTM mutaxassislari bilan hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib bormoqdalar va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, darsliklar  yaratmoqdalar.

Kafedraning asosiy vazifasi talabalarga axborot texnologiyalarining texnik va dasturiy ta’minotini, qishloq va suv xo‘jaligidagi mutaxassislik masalalarini yechishga axborot texnologiyalari va matematik usullarni qo‘llashni, zamonaviy axborot texnologiyalari va tizimlaridan foydalanish asoslarini, kompyuter tarmoqlarida ishlash asoslarini, ma’lumotlarni qayta ishlash usullari va vositalarini, mutaxassislik masalalarining matematik modellarini  qurishni o‘rgatishdan iborat.

Kafedrada AQShning Kornell, Michigan, Buffalo, Vashington universitetlari, Ukraina Fanlar Akademiyasining Energetikada modellashtirish muammolari ilmiy-tadqiqot instituti bilan hamkorlikda ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda va ilmiy maqolalar, doktorlik dissertatsiyalari, darslik va o‘quv qo‘llanmalar tayyorlanmoqda.

«Axborot texnologiyalari» kafedrasi jamoasi Prezidentimiz olib borayotgan siyosatni qo‘llab quvvatlab har tomonlama salohiyatli mutaxassislar tayyorlashda o‘zlarining bilimlarini, kuch g‘ayratlarini ayamasdan mehnat qilmoqdalar. Xalqimizning turmush farovonligini yuksaltirishda, qishloq va suv xo‘jaligini rivojlantirish uchun yetuk mutaxassislar tayyorlab berishda va Hukumat qarorlarini, Vazirlik hamda institut rahbariyatining buyruq va farmoyishlarini bajarishda  o‘z  munosib hissalarini  qo‘shib kelmoqdalar.
 

 Manzil: 100000,  Toshkent sh., M.Ulug‘bek tumani,  Qori Niyoziy ko‘chasi,  39. Bino/ofis: B bino 01-xona

 Tel./faks:  71-237-19-48


Suv xo'jaligini tashkil etish va boshqarish fakulteti O'qitiladigan fanlar Ilmiy ishlar Tadqiqotchilar Hamkorlar Kafedra xodimlari To'garaklar Dars jadvali Aloqalar