Tarixi
"Iqtisodiyot" kafedrаsi mudiri, professor
Sultanov Baxodir Fayzullayevich
Tel:(99871) 237-19-58
E-mail:
1974 yilda “Gidrotexnika inshootlari qurilishi” fakulteti qoshida “Suv xo‘jaligi iqtisodi va uni tashkil etish” kafedrasi tashkil etildi. Birinchi bo‘lib 1974 yilda “Suv xo‘jaligi iqtisodiyoti” yo‘nalishi bo‘yicha 50 nafar talaba kunduzgi bo‘limga qabul qilindi. Kafedraning tashkilotchisi va birinchi mudiri etib texnika fanlari nomzodi, dotsent Valijonov Axmed Musaevich tayinlandi. Bu kafedrada o‘qitiladigan asosiy fanlar “Suv xo‘jaligi iqtisodiyoti”, “Suv xo‘jaligi qurilishi iqtisodiyoti”, “Suv xo‘jaligi tashkilotlari faoliyatining iqtisodiy tahlili”, “Iqtisodiy geografiya”, “Suv xo‘jaligida buxgalteriya hisobi va audit”, “Umumiy statistika”, “Suv xo‘jaligi statistikasi” va “Mehnatni ilmiy tashkil etish” fanlari bo‘lib hisoblangan. Kafedraning birinchi va asosiy o‘qituvchilari iqtisod fanlari nomzodi, dotsent M.M.Mirpayazov, A.P.Pulatov, A.S.Sultonov, A.V.Xidonov, katta o‘qituvchi Z.S.Ivanova, assistent R.A.Badamova keyinchalik kafedraga iqtisod fanlari nomzodi S.R.Ochilov, O.N.Koryakinlar dotsent lavozimida, T.S.Shodmonov, T.G.Djunusovlar assistentlik lavozimida ishlay boshladilar.
1976 yilda “Suv xo‘jaligini boshqarish” fakulteti tashkil qilingandan keyin kafedra ushbu fakultet tarkibiga o‘tkazildi.
1979-1980 yillarda kafedrada iqtisod fanlari nomzodi, dotsent A.P.Pulatov mudirlik qildi.
1980-1989 yillarda kafedraga iqtisod fanlari nomzodi, dotsent A.S.Sultonov mudirlik qildi.
1984 yilda iqtisod fanlari nomzodi S.A.Pechatkin dotsent lavozimiga ishga qabul qilindi.
1985 yilda iqtisod fanlari nomzodi V.N.Zarva dotsentlik lavozimiga qabul qilindi.
1985 yilga kelib kafedrada 7 nafar fan nomzodlari dotsentlik lavozimida ishladi. Shu yillar ichida katta o‘qituvchi M.M.Isakova, assistent N.M.Karimova ishga qabul qilindi. 1979 yilda kafedra o‘qituvchilarining say-xarakati bilan birinchi 50 nafar suv xo‘jaligi iqtisodchilari fakultetimizni bitirib chiqdilar. 1989 yilda dotsent A.S.Sultonov tomonidan “Suv xo‘jaligi iqtisodiyoti” bo‘yicha birinchi o‘quv qo‘llanma tayyorlandi. Ushbu o‘quv qo‘llanma uchun 1991 yilda dotsent Sultonovga professorlik ilmiy unvoni berildi. 1992 yilda professor A.S.Sultonov Xalqaro Injenerlik Akademiyasiga akademiklikka saylandi. 1996 yilda Toshket irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish injenerlari institutining ilmiy kengashi professor A.S.Sultonovga “Xizmat ko‘rsatgan professor” faxriy ilmiy unvonini berdi. A.Sultonov kafedra mudirligida o‘tgan yillar ichida 2 ta professor va o‘nlab dotsentlar yetishib chiqdi. Shu yillar ichida minglab iqtisodchi bakalavrlar va yuzlab magistralar kafedramizni bitirgan.
Iqtisodiyot kafedrasini 2013 yildan 2014 yilgacha dotsent Umarov Suhrob Rustamovich boshqardi. 2014 yildan 2021 yilgacha iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent Sangirova Umida Ravshanovna boshkarib keldi. Ushbu davr ichida kafedrada 2 ta amaliy, 1 ta xalqaro va 1 ta fundamental loyihalar bajarilgan. U.Sangirova 2018-2020 yillar davomida 1 ta amaliy grant rahbari va 1 ta xalqaro loyixa texnik kordinatori faoliyat olib borgan. U.Sangirova muallifligida 1 ta darslik "Ekonomika vodnogo xozyaystva" nomli va 4 ta o‘quv-ko‘llanma chop ettirilgan. Shuningdek, U.Sangirova ustoz-shogird tizimidagi faoliyatida 1 nafar Prezident stipendianti, 2 nafar Navoiy nomli stipendiantlariga rahbarlik qilgan. Iqtisodiyot kafedrasida uzoq yillar davomida iqtisodiyot fanlari doktori Umurzakov O‘ktam Pardaevich professor lavozimida faoliyat yuritganlar. O‘.Umurzakov qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti, qishloq va suv xo‘jaligi menejmenti fanlaridan talabalarga ma’ruzalar o‘kib kelgan. O‘.Umurzakov muallifligida 6 ta darslik, 10 ta o‘quv-qullanma chop ettirilgan. Shuningdek, 3 ta amaliy grant va 4 xalqaro loyiha rahbari bo‘lganlar. Ustoz O‘ktam Pardaevich ustoz-shogird tizimida 3 ta Prezident stipendiantlari va 2 ta Navoiy nomli stipendiantlariga rahbarlik qilganlar. Bundan tashqari kafedradagi ilmiy sohani va ilmiy salohiyatni yangi bosqichga olib chiqdi, 10 dan ortiq shogirdlarga ilmiy rahbarlik qildi hamda tadqiqotchilar ustozning ilmiy maslahatlari bilan dissertatsiya ishlarini muvaffaqiyatli himoya qildilar. Hozirgi kunda shogirdlar mamlakatimizning yetakchi ishlab chiqarish tarmoqlarida rahbarlik lavozimlarida faoliyat olib bormoqda. 2016 yil kafedraning faol professor-o‘kituvchilaridan A.Sultonov, O‘.Umurzakov, U.Sangirova O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 25 yilligi esdalik nishoni bilan takdirlanganlar. 2018 yildan kafedrada yangi “Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” bakalavriat va magistratura mutaxassisligi tashkil etildi. 2014-2021 yillarda fan dasturlari va o‘quv-dasturlar yangilandi, kafedraga ko‘plab salohiyatli professor-o‘qituvchilar jalb etildi.
Suv xoʻjaligini tashkil etish va boshqarish fakulteti Oʻqitiladigan fanlar Ilmiy ishlar Tadqiqotchilar Hamkorlar Kafedra xodimlari To'garaklar Dars jadvali Aloqa