Kafedra tarixi

“Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi mudiri

Temirxonova Mo’tabar Jurayevna

Iqtisodiyot fanlari fan doktori (Dsc), dotsent

Теl.: +99871-237-19-22

E-mail: a.akhmedov@tiiame.uz

 


     Ushbu kafedra 1993 yilda “Suv xo‘jaligi iqtisodi va uni tashkil qilish” fakulteti tarkibida dastlab “Buxgalteriya hisobi va moliya” nomi bilan tashkil qilingan. Bunga sabab, Respublikamiz mustaqillikka erishishi munosabati bilan fakultet jamoasiga suv xo‘jaligi korxonalari uchun yuqori malakali, zamon talablariga mos raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash vazifasi topshirildi. 1992 – 1993 o‘quv yilidan boshlab, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligini buyrug‘iga asosan, “Buxgalteriya hisobi va moliya” mutahassisligi bo‘yicha har yili 50 nafardan talaba qabul qilina boshlandi. Bu mutahassislikni ochishda professor O.U.Salimov va dotsent A.P.Po‘latovlar o‘zlarini munosib hissalarini qo‘shganlar. 1995-1998 yillarda kafedraga biriktirilgan o‘quv xonalarida maxsus jihozlangan ma’ruza xonasi va amaliy mashg‘ulotlarni olib borish uchun “Proves” kompyuterlari bilan jihozlangan o‘quv xonalari tashkil qilindi. Ma’ruzalarni o‘tishda diaproektor va videofilmlardan keng foydalanildi. Amaliy mashg‘ulotni o‘tishda va talabalarni bilimini baholashda maxsus 10 ta kompyuter bilan jihozlangan o‘quv xonasi tashkil qilindi.

     Shu yillar ichida kafedra o‘qituvchilari har bir fandan ma’ruzalar matni, amaliy mashg‘ulotlarni olib borish uchun uslubiy qo‘llanmalar va masalalar to‘plamlarini tayyorlab, o‘quv jarayoniga tadbiq qildilar. 1997 yildan boshlab, oliy o‘quv yurtlarida ta’lim berishni ikki bosqichli tizimga o‘tilishi munosabati bilan kafedra suv xo‘jaligi korxonalari uchun buxgalter bakalavrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘ydi va 2001-yildan boshlab, “Buxgalteriya hisobi” (suv xo‘jaligida) mutahassisligi bo‘yicha magistratura tashkil qilindi. Magistratura mutahassisligini ochishda kafedra mudiri iqtisod fanlari nomzodi dotsent Axror Azlarovning hissalari katta hisoblanadi. Ushbu davrda kafedrada iqtidorli yoshlarning ilmiy ishlariga eotibor kuchaytirildi. Buning natijasida kafedraning ilmiy salohiyati yanada oshdi, kafedra tarkibi yangilandi. 2004 yilda institut nomi o‘zgarishi bilan kafedra ham yangi “Buxgalteriya hisobi va audit” nomi bilan yuritila boshlandi.

    2004-2005 yillarda kafedra professor-o‘qituvchilaridan Sh.T.Ergasheva va Sh.I.Hodjimuhamedova, 2010 yilda A.G.Ibragimovlar nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qildilar. 1993-1995, 1999-2003 yillarda kafedraga dotsent A.P. Pulatov, 1995 yildan 1999 yilgacha dotsent A. Nazirov, 2003 yildan 2005 yilgacha dotsent A. Azlyarov, 2005 yildan 2012 yilgacha dotsent Sh.T.Ergasheva, 2012 yildan 2014 yilgacha Sh.I.Hodjimuhamedovalar mudirlik qilishgan. 2014 yildan 2016 yilgacha kafedraga dotsent A.G.Ibragimov mudirlik qilgan. 2016 yildan 2018 yilgacha kafedraga dotsent M.Sh.Mamatqulov mudirlik mudirlik qilgan. 2018-2019 o’quv yilidan boshlab kafedraga i.f.n dotsent Sh.Xodjimuhamedova rahbarlik qildi. 2019-2020 o’quv yilidan boshlab kafedraga  Phd Axmedov Azamat Kamilovich rahbarlik qilib kelgan. 2023-2024 o’quv yilidan boshlab kafedraga  Dsc Temirxanova Mo‘tabar  Jo‘rayevna rahbarlik qilib kelmoqda. Iqtisodiyot tarmoqlari uchun malakali kadrlar tayyorlash maqsadida 2020-yildan “Buxgalteriya hisobi” (tarmoqlar va sohalar bo’yicha) magistratura mutaxassisligi qayta tashkil etildi. Shuningdek, kadrlar buyurtmachilari takliflariga asosan 2022/2023 o’quv yilidan Statistika ta’lim yo’nalishi tashkil etildi. Kafedra mudiri A.Axmedovning say-harakatlari tufayli oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash hamda kafedraning ilmiy salohiyatini oshirish maqsadida 08.00.08–“Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit” ixtisosligi bo’yicha tayanch doktorantura faoliyatini boshladi (2023-yildan).

    2004-yilda Ergasheva Shaxlo Turgunovna “Qishloq xo’jalik yerlaridan samarali foydalanish jarayonlarini modellashtirish” mavzusida 08.00.06-Ekonometrika va statistika ixtisosligi bo’yicha nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

    2005-yilda Xodjimuhamedova Shoxida Ibragimovna “O’zbekiston Respublikasida fermer xo’jaliklari faoliyatini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy asoslari” mavzusida 08.00.04-Agrosanoat majmui iqtisodiyoti ixtisosligi bo’yicha nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

    2010-yilda Ibragimov Abdumalik Gapparovich “O’zbekistonda sholichilikni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy asoslari” mavzusida 08.00.04-Agrosanoat majmui iqtisodiyoti ixtisosligi bo’yicha nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

    2018-yilda Umurzakov Sardor Uktamovich “G’aznachilik organlarining integrallashgan axborot tizimlari faoliyatini optimal tashkil qilish jarayonini takomillashtirish” mavzusida 08.00.14–Iqtisodiyotda axborot tizimlari va taxnologiyalari ixtisosligi bo’yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini himoya qilgan.

    2018-yilda Аxmedov Azamat Kamilovich “Qishloq xo’jaligida suvni tejovchi innovatsion texnologiyalardan foydalanish samaradorligini oshirish” mavzusida 08.00.04–Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti ixtisosligi bo’yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini himoya qilgan. 2021-yilda Mamatkulov Murodjon Shukurovich “Kommunal xizmat ko’rsatish tizimi korxonalarida boshqaruv hisobi metodologiyasini takomillashtirish” mavzusida 08.00.08–“Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit” ixtisosligi bo’yicha fan doktori (DSc) dissertatsiyasini himoya qilgan.

     2022-yilda Yuldasheva Inoyat Zakiryayevna “Suv iste’molchilari uyushmalarida buxgalteriya hisobi va boshqaruv tahlilini takomillashtirish” mavzusida 08.00.08–“Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit” ixtisosligi bo’yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini himoya qilgan.

     2022-yilda Raxmataliyev Muzaffar Eshdavlatovich “Parrandachilik tarmog’ida innovatsion faoliyat samaradorligini oshirish yo’llari” mavzusida 08.00.04–Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti ixtisosligi bo’yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini himoya qilgan.

     2023-yilda Tabayev Azamat Zaripbayevich “Qishloq xo’jaligida agrokimyoviy xizmatlar ko’rsatishning iqtisodiy asoslarini takomillashtirish” mavzusida 08.00.04–Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti ixtisosligi bo’yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini himoya qilgan. “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasini tashkil qilinishi va uning xodimlari tarkibi: Kafedra 1999 yilda “Suv xo‘jaligini boshqarish va uning iqtisodiyoti” fakulteti tarkibida tashkil qilingan. Kafedra faoliyati jarayonida 30 dan ortiq professor o‘qituvchilar va 10 dan ortiq yordamchi xodimlar ishlagan. Shu jumladan, 2 ta professor (hamkorlik asosida), 11 ta dotsent, 10 ta katta o‘qituvchi va 7 ta assistentlar faoliyat ko‘rsatgan.


Suv xo'jaligini tashkil etish va boshqarish fakulteti O'qitiladigan fanlar Ilmiy ishlar Tadqiqotchilar Hamkorlar Kafedra xodimlari To'garaklar Dars jadvali Aloqalar