Fakultet tarixi

1974 yilda Toshkent irrigatsiya qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash injenerlari institutining “Gidrotexnik inshootlar” fakulteti qoshida “Suv xo‘jaligi iqtisodi va uni tahlil etish” yo‘nalishi ochildi. Bu yo‘nalish 1976 yilga borib mustaqil fakultetga aylantirildi.

Fakultet 2004 yildan “Suv xo‘jaligini boshqarish va uning iqtisodiyoti”, 2015 yildan “Suv xo‘jaligida menejment” fakulteti nomi bilan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 24 maydagi PQ-3003 “Qishloq va suv xo‘jaligi tarmoqlari uchun muhandis-texnik kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari” to‘g‘risidagi qaroriga asosan “Suv xo'jaligini tashkil etish va boshqarish” fakulteti nomi bilan faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

Fakultetga biriktirilgan kafedralar qo‘yidagilardan iborat.

  • Iqtisodiyot kafedrasi
  • Menejment kafedrasi
  • Buxgalteriya hisobi va audit kafedrasi
  • Iqtisodiy nazariya asoslari kafedrasi
  • Axborot texnologiyalari kafedrasi
  • Tillar kafedrasi
  • Ingliz tili kafedrasi

Fakultet quyidagi ta’lim yo‘lanishlarida mutaxassis va kadrlarni tayyorlaydi:

5230100 — Iqtisodiyot (suv xo‘jaligida) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar suv xo‘jaligi tarmog‘ida suv resurslarini hisobga olish va ulardan foydalanish, suv ob’ektlarini muhofaza qilish va suvning zararli tasiri bilan kurashish, suv xo‘jaligi ekspluatatsiya tashkilotlariga suv xo‘jaligi istemolchilari uyushmalari, suv xo‘jaligi qurilishi tashkilotlari, dehqonchilik bilan shug‘ulanuvchi fermer va dehqon xo‘jaliklari va ularga hizmat ko‘rsatuvchi infratuzilma, kichik firmalar faoliyatini tashkil etish va takomilashtirish, suv xo‘jaligi obektlari va sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha zamanoviy usullarning o‘rganish bo‘yicha tayanch bilimlar oladilar.

5230200- Menejment (suv xo‘jaligida) – bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar kelajakda suv xo‘jaligi ishlab chiqarish sub’ekti va ob’ektlari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyatini boshqarish, turli mulkchilik shakldagi korxonalarni, qo‘shma va xorijiy korxonalarni, tashqi iqtisodiy faoliyatni, xo‘jalik faoliyatini yurituvchi korxonalarni tashkil etish va boshqarish vazifalarini bajaradigan rahbar hodimlar bo‘lib yetishadi. Ular irrigatsiya tizimlari xavza boshqarmalari, irrigatsiya tizimlari boshqarmalari, suv xo‘jaligi qurilishi tashkilotlari, suv xo‘jaligi loyiha tashkilotlarida rahbar hodim bo‘lib ishlay oladilar.

5230900 – Buxgalteriya hisobi va audit (suv xo‘jaligida) bakalavriat ta’lim yunalishi bitiruvchilari suv xo‘jaligi korxona va tashkilotlarida, jumladan qishloq va suv vazirligi, viloyat va tuman qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi bo‘limlari, irrigatsiya tizimi havza boshqarmasi, suv iste’molchilari uyushmalari, suv xo‘jaligi qurilish tashkilotlarida bosh buxgalter va buxgalter lavozimlarida, shuningdek, ilmiy tadqiqot muassasalarida ilmiy hodim, shuningdek, qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi kasb-xunar kollejlarida o‘qituvchi lavozimlarida faoliyat yuritishlari mumkin.

5630100 — Ekologiya va atrof muhit muhofazasi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar ekologiya va atrof muhit muhofazasi tarmoqlarida ekologik muommolarni hal qilish, suv ob’ektlarining muhofaza qilish va suvning zararli tasiri bilan kurashish, suv xo‘jaligi ekspluatatsiya tashkilotlariga suv xo‘jaligi istemolchilari uyushmalari, suv xo‘jaligi qurilishi tashkilotlari, dehqonchilik bilan shug‘ulanuvchi fermer va dehqon xo‘jaliklari va ularga hizmat ko‘rsatuvchi infratuzilma faoliyatini tashkil etishning zamanoviy usullarning o‘rganish bo‘yicha tayanch bilimlar oladilar.

Fakultetda 5 nafar professor, 32 nafar dotsent, 53 nafar katta o‘qituvchi va assistent ishlaydi. Fakultet asosiy shtatidagi professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyati 68 foizni tashkil etadi.

Hozirda fakultetga i.f.n., dotsent Xakimov Rashid rahbarlik qilmoqda