Hamkorlar

Kafedra bir necha yillar davomida «Rossotrudnichestvo» va «Roszarubejtsentr»lar bilan rus tilini o’qitish metodikasi, ilmiy va ma'naviy-ma'rifiy hamda madaniyat ishlari bO’yicha kerakli bo’lgan savollar yuzasidan, hamkorlik qilib keldi. Moskva davlat pedagogika universiteti Filologiya instituti, Germaniyaning O’zbekistondagi Goethe Institute madaniyat markazi va Frantsiya madaniyati markazi (Alliance Française) bilan shartnoma tuzildi va imzolashga berildi. 2021 yil 23 aprelda institumizga Moskva davlat pedagogika universiteti Filologiya instituti “Rus tilidan dars berish metodikasi” kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari doktori, professor Yanchenko Vladislav Dmitrievich tashrif buyurdi. Yanchenko V.D. bilan “Suv xo’jaligini tashkil etish va boshqarish” fakulteti “Tillar” kafedrasi professor-o’qituvchilari hamda fakultet talabalari uchun master klass o’tdi. 2021 yil 9 mart kuni TIQXMMI Suv xo’jaligini boshqarish va tashkil etish fakultetining “Tillar” kafedrasi bilan Germaniyaning O’zbekistondagi madaniyat markazi GOETHE INSTITUT o’rtasida hamkorlik ishlari amalga oshirildi. Germaniyaning Toshkent shaxrida joylashgan madaniyat markazi tomonidan institutimizning axborot resurs markazini o’quv materiallari bilan to’ldirish maqsadida hamda o’qituvchilar va talabalarning dars jarayonlarida va mustaqil foydalanishlari uchun o’quv materiallari va ko’rgazmali qurollar bilan ta'minlashda amaliy yordam berdi.