Tarixi

“Iqtisodiy nazariya asoslari” kafedrasi mudiri, PhD

Axmedov Azamat Kamilovich

Тел.: +99871-237-09-73

E-mail: a.akhmedov@tiiame.uz

 

 


“Iqtisodiy nazariya asoslari” kafedrasi 1949-yilda “Siyosiy iqtisod” nomi bilan tashkil topgan. 2001-yildan boshlab kafedraning nomi “Iqtisodiy nazariya asoslari”ga o‘zgartirilgan. Kafedrada shu yillar ichida yuqori ilmiy salohiyatga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritib kelgan. Ular orasida dotsent I.E.Shalashilin, dotsent M.A.Makarov, dotsent I.N.Netkachev, professor U.X.Nigmadjanovlarning xizmatlari juda katta. Bugungi kunda ham kafedrada ilmiy salohiyatli professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritmoqda. Jumladan, dotsent M.X.Saidova, dotsent T.R.Fayzullayeva, dotsent Sh.A.Mirzayevlar. Ular tomonidan yuqori nazariy va amaliy saviyada ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

2018 y. - h.v.    ― PhD, Azamat Kamilovich Axmedov

2012-2018 y.y. ― i.f.n., dotsent Madina Xamidovna Saidova

2007-2012 y.y. ― i.f.n. Bahodir Fayzullayevich Sultanov

2001-2007 y.y. ― i.f.d., professor Uchkun Xolmetovich Nigmadjanov

Ilmiy-tadqiqot faoliyatiga iqtidorli talabalar, magistrlar jalb qilinmoqda. Har yili ilmiy ishlardan olingan natijalar ilmiy maqolalar va tezislarda o‘z aksini topmoqda. Kafedrada “Iste’dodli iqtisodchi” ilmiy jamiyati tashkil etilgan bo‘lib, u o‘z ichiga to‘rtta to‘garakni qamrab olgan, ya’ni “Iqtisodchi-tarixchi” (S.Ikramova), “Yosh iqtidorli talabalar” (T.Fayzullayeva), “Yosh iqtisodchi” (D.Rustamova), “Экономист-практик” (R.Allayeva). Ushbu to’garaklarga 50 nafardan ortiq talabalar a’zo hisoblanadi. Ular kafedra professor-o‘qituvchilari bilan hamkorlikda muntazam ravishda iqtisodiyotning dolzarb masalalari bo‘yicha izlanishlar olib borishadi. Izlanishlar natijalari Respublika OTMlarida tashkil etiladigan yosh olimlarning ilmiy konferensiyalarida har yili maqola va tezislar ko‘rinishida o‘z aksini topadi. Jumladan, 2017-yilda 2 ta Xalqaro konferensiya va 10 tadan ortiq mahalliy ilmiy-amaliy anjumanlarda chop etilgan bo’lsa, 2018-yilda 3 ta Xalqaro ilmiy maqola, 5 ta Xalqaro konferensiya va 20 tadan ortiq tezislar chop etilgan.  Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan esa xorijiy ilmiy jurnallarda – 16 ta, mahalliy OAK jurnallarida – 6 ta, Xalqaro konferensiyalarda – 8 ta, mahalliy konferensiya va ilmiy-amaliy anjumanlarda 30 dan ortiq maqola va tezislar chop etilgan.

Kafedrada budjet asosida bajarilayotgan “Qishloq xo’jaligi ekinlari tarkibi o’zgarib borishi sharoitida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish” mavzusidаgi ilmiy-tadqiqot ishi doirasida, 1 ta monografiya, 1 ta o’quv-qo’llanma chop etildi.

Аллаева Р.Р. Макроэкономика (Учебное пособие). – Т.: “Tafakkur qanoti”, 2018. – 232 стр.

Файзуллаева Т.Р., Абдуразокова Н.М. Хлопкаводства Узбекистана и перспективы ее развития (Монография). –Т.: ТИҚХММИ, 2019. – 210 б.

Kafedra professor – o‘qituvchilari tomonidan yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llab barcha fanlar bo‘yicha metodik qo‘llanma va ko‘rsatmalar qayta ishlab chiqildi. Kafedrada o‘qitiladigan barcha fanlardan o‘zbek tilida modullar tayyorlandi.

Suv xo'jaligini tashkil etish va boshqarish fakulteti O'qitiladigan fanlar Ilmiy ishlar Tadqiqotchilar Hamkorlar Kafedra xodimlari To'garaklar Dars jadvali Aloqalar