Ilmiy ishlar

Kafedrada 2014 – 2017 yillar mobaynida “O‘zbekiston Respublikasida sug‘oriladigan yerlar va suv resurslari samaradorligini oshirishning asosiy omillari” mavzusida ilmiy – tadqiqot ishi olib borilda. Unga kafedra professori U.Nigmadjanov raxbarlik qilidi. Mavzuning asosiy maqsadi respublikamizda sug‘oriladigan yerlar va suv resurslari samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish bo‘lib, ilmiy izlanishlar natijasi quyidagilarda o‘z aksini topdi:

qishloq xo‘jaligida suv va yer resurslaridan foydalanishning xususiyatlari ilmiy jixatdan asoslab berildi;

respublika va viloyatlar kesimida yer va suv resurslaridan foydalanish samaradorligining ko‘rsatkichlari aniqlandi;

respublika va viloyatlar kesimida yer va suv resurslaridan foydalanish taxlilining metodikasi yaratildi;

olingan natijalar ishlab chiqarish va o‘quv jarayoniga tadbiq etildi;

2018 yilda “Qishloq xo‘jaligi ekinlari tarkibi o‘zgarib borishi sharoitida er va suv resurslaridan samarali foydalanish” (Toshkent viloyati fermer xo‘jaliklari misolida)

Ishning maqsadi - 2018 yil ilmiy-tadqiqot ishlarining rejasiga kiritilgan mavzu bugungi kunning dolzarb muammolarini hal etishga yo‘naltirilgan.

Ilmiy-tadqiqot ishlari yuqori salohiyatli professor-o‘qituvchilar tomonidan olib borilib, kafedraning ilmiy salohiyati 43 foizni tashkil etadi.