Ilmga chanqoq yoshlarga

Iste’dod va qobiliyatning munosib bahosi mukofot, unvon singari rag‘batlantirishlar bilan belgilanadi.  Ilmga intilish va izlanuvchanligi bilan ajralib turgan yoshlarning munosib baholanishi institutimiz rahbariyatining doimo diqqat markazida. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 13 oktyabrdagi “O‘zbekiston iqtidorli yoshlarni taqdirlash va moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi 226-sonli, 2015 yil 3 noyabrdagi “Qishloq va suv xo‘jaligi tarmoqlarini oliy ma’lumotli yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlashni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 311-sonli qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda O‘zbekiston Respublikasining Qonunchilik palatasi tomonidan 2016 yil 12 avgustda qabul qilingan, Senat tomonidan 24 avgustda ma’qullangan “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonunning 25-moddasida ko‘rsatilgan Iqtidorli va iste’dodli yoshlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash maqsadida institutning 2017 yil 3 martdagi “Ilmiy kengash stipendiyasi va uni tayinlash tartibi to‘g‘risida Nizomga”ga muvofiq, Institut rektorining 11.09.2018 yil 830/T-sonli “2018/2019 o‘quv yili uchun institutning iqtidorli talabalariga “Ilmiy kengash” stipendiyasini tayinlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i qabul qilindi. 2018/2019 o‘quv yilida “Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” fakulteti, “Yer resurslarini boshqarish” fakulteti va “Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash” fakultetlarining bir guruh iqtidorli talabalari “Ilmiy kengash” stipendiyasi sohiblari bo‘lishdi. Ularning ismi shariflarini keltirish maqsadga muvofiq nazarimda. Yahyoev Otabek Yusupovich, Pirnazarova Gulnora, Yuldoshboev Baxtiyorjon, Xakimov Javohir Usmonovich, Maxmudov Jasur Shahobjonovich,  Ahmadov Safarali,  Ismoilova Xaitbu Raimjonovna, Raimnazarova Mavluda, Inomova Nargiza Rustamovnalar ana shunday rag‘bat sohibi bo‘lishdi. 2018/2019 o‘quv yilida “Ilmiy kengash stipendiyasi” sohibi bo‘lgan talabalarni samimiy tabriklaymiz!

“Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari J.Turdiev axboroti

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov