“ABCO” – Buxgalterlar maktabi

 2018 yil 14 sentyabr kuni soat 1100 da Toshkent shahri Shayxontohur tumanida “ABCO” – Buxgalterlar maktabi” tantanali ravishda ochildi. Ushbu maktab rahbari Karaxadjaeva Matlyuba Askarovnaning taklifiga binoan Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti “Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” fakulteti “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi mudiri Sh. Xodjimuxamedova, kafedra professor-o‘qituvchilari D. Talipova, I. Yuldasheva, N. Akramova va F. Shafkarovlar hamda “Buxgalteriya hisobi va audit” yo‘nalishi 3 - bosqich 3 - va 6 - guruhning 25 nafar talabalari qatnashdilar.

Tadbirda biznes markaz rahbari B.Karimov, qurilish tashkilotlari rahbarlari, bosh buxgalterlari, o‘quv kursining sobiq bitiruvchilari va hozirda ta’lim olayotgan tinglovchilar ishtirok etishdi. Tadbir davomida o‘quv kursida tahsil olish uchun “Aksiya” o‘tkazildi.

“SXTE va B” fakulteti dekani o‘rinbosari   J.Turdiev axboroti

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov