Xayriya aksiyalarimiz davom etadi

Institut Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti qishloq va suv xoʻjaligi energiya taʼminoti fakulteti Yoshlar Kengashi faollari boshlab bergan xayriya aksiyalari davomli boʻlmoqda. Xuddi shunday savobli ishlardan yana biri “Suv xoʻjaligini tashkil etish va boshqarish” fakulteti yoshlar ittifoqi faollari tomonidan tashkil etildi. Fakultet rahabariyati ham ushbu tashabbusni qoʻllab-quvvatlagan holda, kerakli yordamlarini berishdi.

Talabalar Toshkent shahar Olmazor tumanida joylashgan boquvchisini yoʻqotgan, qarovga muhtoj qariyalar holidan xabar olish, ularning koʻnglini koʻtarish, ularni Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26 yillik bayrami bilan tabriklash maqsadida fakultet miqyosida Aksiya oʻtkazildi. Fakultet Yoshlar ittifoqi faollari tomonidan maxsus bayram dasturi tayyorlanib yigʻilganlar etiboriga havola etildi. Bayram sovgʻalari va boshqa kerakli boʻlgan narsalar qariyalar uyiga topshirildi. Ushbu aksiya doirasida fakultetdagi barcha talabalar oʻz hissasini qoʻshishdi. Qoʻldan kelgancha yordam berishdi. Aksiyani tashkil etishda koʻmaklashgan har bir talabaga katta rahmat aytamiz. Savobli ishingiz amalini bersin. Fakultet yoshlar ittifoqi aksiyalari davom etadi! Safimizga qoʻshiling faol boʻling.

Fakultet yoshlar yetakchisi Haytboy Iskandarov axboroti

Institut Matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov