“Futbol-millionlar o‘yini”

2019 yil 20 oktyabr kuni Institut futbol maydonida "Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish" fakulteti talaba yoshlari uchun ikkinchi muhim tashabbus: Yoshlarni jismoniy chiniqtirish va sport sohasida o‘z qobiliyatini namoyon qilishlari uchun fakultet dekanati tomonidan “Sport-sog‘lik garovi” shiori ostida sportning futbol turi bo‘yicha “Dekan kubogi” turniri o‘tkazildi. Turnirda fakultetning akademik guruhlardan iborat 10 ta jamoa bellashdilar. Turnir qiziqarli va murosasiz kurashlar hamda yuqori kayfiyatda o‘tdi. Turnir yakuni bo‘yicha g‘oliblar fakultet dekani R.Xakimov hamda dekanat tomonidan munosib taqdirlandi. Turnirni tashkil etishda “Jismoniy tarbiya va sport” kafedrasi jamoasiga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

SXTE va B fakulteti dekani o‘rinbosari J.Turdiyev axboroti

Institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov