Diniy ma’rifat

2018 yil 09 noyabr kuni soat 15:00 da TIQXMMI 7-ma’ruzalar zalida Institut Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Z.Hafizova va “Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari J.Turdiyevlar hamkorligida talaba yoshlar o‘rtasida “O‘z joniga suiqasd qilishni oldini olishda diniy ma’rifatning o‘rni” mavzusida Toshkent shahar Bosh imom xatibi o‘rinbosari, “Islom ota” jome’ masjidi Imom xatibi Jasurbek Raupov ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirni kirish so‘zi bilan J.Turdiyev ochib berdi. Tadbirda Imom xatib J.Raupov bugungi kunda yoshlar orasida ko‘p uchrayotgan o‘z joniga qasd qilish holatlarini tahlil qilib, og‘ir gunoh ekanligini muqaddas dinimizda qoralanishini misollar va hadislar yordamida keng tushuntirish olib bordi. Shuningdek, talabalar va yoshlarni yot diniy oqimlar va g‘oyalarga ergashish va uning salbiy oqibatlari diniy va dunyoviy misollar bilan atroflicha tushuntirib, Qur’oni karim va muborak hadislardan misollar keltirib ma’ruza qildi. Tadbir davomida talabalarni qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.

 

“SXTE va B” fakulteti dekani o‘rinbosari J.Turdiyev axboroti
             Institut Matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov