Qadrdon maktabim

TIQMMIning Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish fakulteti dekani Z.Muqimov 2019 yil 4 aprel kuni o‘zi ta’lim olgan Qashqadaryo viloyatidagi 11-maktabga tashrif buyurdi. Z.Muqimov o‘qigan qadrdon maktabiga tashrifi chog‘ida o‘zini o‘qitgan ustozlari va ta’lim olayotgan yoshlar bilan suxbatlashib, yurtimizda yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar to‘g‘risida to‘xtalib, Muxtaram yurtboshimiz tashabbusi asosida keng ommaga yoyilgan kitobxonlikni targ‘ib qilish haqida gapirib o‘tdi va maktab kutubxonasiga kitoblar sovg‘a qildi.