Turonbankning ishlab chiqarish XV seminari
Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti B-bino 109-auditoriyasida “Iqtisodiyot” fakultetida tahsil olayotgan “TURONBANK” ATB stependiat talabalari va professor o‘qituvchilari uchun 15.02.2025 yilda “TURONBANK” ATB Operatsion departamenti direktori Aziz Aripov bilan " Tashqi iqtisodiy faoliyat va uning mexanizmlari («Turonbank» АTB Misolida)" mavzusida 2024-2025 o‘quv yili uchun rejalashtirilgan XV-seminar tashkil qilindi.
Aziz Aripov tomonidan TIF tushunchasi, Mijozlarining tashqi savdo faoliyati, Xorijiy davlat valyutalari va konvertatsiya amaliyoti, Mijozlarning tashqi savdo faoliyati jarayonida tomonlarning oʼzaro xisob-kitoblari, Bankning xalqaro munosabatlari, Savdoni moliyalashtirish va dokumentar amaliyotlari bo’yicha malumotlar berdi.
TIF – bu tashkilotlarning jaxon bozorlarida ishlash yoʼnalishi boʼlib, u quyidagi funksiyalarni oʼz ichiga oladi:
tashqi iqtisodiy strategiyani;
ishlash shakllari;
ishlash usullari.
Maruza yuzasidan talaba yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.
“Iqtisodiyot” fakulteti dekani o‘rinbosari
U.Xoliyorov ma’lumoti
Universitet matbuot xizmati
- Презентация ИНСТИТУТ фин.pptx ( 1.92mb )