Turonbankning ishlab chiqarish VI seminari

“Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti B-bino 109-auditoriyasida “Iqtisodiyot” fakultetida tahsil olayotgan “TURONBANK” ATB stependiat talabalari va professor o‘qituvchilari uchun 26.10.2024 yilda “TURONBANK” ATB  Monitoring va nazorat departamenti direktor orinbosari  Utanov Uygun bilan "Turonbank ATB tizimida Kreditlarni monitoring qilish tartibi" mavzusida 2024-2025 oquv yili uchun rejalashtirilgan V-seminar tashkil qilindi.

Utanov Uygun tomonidan kredit va unga tenglashtirilgan operatsiyalar boyicha monitoring otkazish tartibi,  dastlabki monitoring, maqsadli ishlatish monitoring, joriy monitoring, monitoringni amalga oshirish muddatlari, monitoringni amalga oshirish  jarayoni, potensial muammoli va muammoli kreditlarni aniqlash  to‘g‘risida ma’lumotlar berdi. Ma’ruza yuzasidan talaba yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.

 

“Iqtisodiyot” fakulteti dekani o‘rinbosari

U.Xoliyorov  ma’lumoti

 Universitet matbuot xizmati