"Suv xo`jaligini tashkil etish va bsohqarish" fakulteti 4-bosqich grand asosida o`qigan talabalar bilan ishga joylashish masalasida yig`ilish
"Toshkent irrigatsiya va qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universitetining 2021-2022 o`quv yilida bitiruvchilarini ishga taqsimlash va joylashtirishni ta'minlash to'g'risida" gi rektor buyrug'i asosida 23.05.2022 - sanada "Suv xo`jaligini tashkil etish va boshqarish" fakulteti dekani R.Xakimov hamda "TIQXMMI" MTU Marketing va talabalar amoliyoti bo'limi boshlig'i X.Xayitov boshchiligida ushbu fakultetning grand asosida o`qigan 4-bosqich talabalari ishtirokida mazkur talabalarni ishga joylashtirish, ish bilan ta`minlash masalasida yig`ilish tashkil etildi. Ushbu yig`ilishda hozirgi kunda ish beruvshi tashkilotlar, mehnat bozorida talab va taklif, mavjud kadrlar iste`moli bilan bog`liq holatlar yuzasidan ma`lumotlar berildi.
"Suv xo`jaligini tashkil etish va boshqarish" fakulteti tyutori I.Xolbutayev ma`lumoti
"TIQXMMI" MTU matbuot xizmati