“Ogohlik davr talabi!”
“Ogohlik davr talabi!”
Joriy yilning 26 oktyabr kuni B-bino 207-o‘quv auditoriyasida SXTE va B fakulteti talabalari bilan “Ogohlik-davr talabi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Ushbu tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 21 martdagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5040-son qaroriga oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talaba-yoshlarning mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, ularni vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirishning samarali va ta’sirchan targ‘ibot texnologiyalari hamda usullarini ishlab chiqish kabi bir qator vazifalar belgilanganligi munosabati bilan fakultet dekan o‘rinbosari J.Turdiyev va fakultet tyutorlari boshchiligida tashkil etildi. Tadbirni dekan o‘rinbosari J.Turdiyev ochib berdi.
Fakultet tyutori M.Vafoeva so‘zga chiqib, vatanimizda bugungi kunda yoshlarning ta’lim-tarbiya olishiga juda katta imkoniyatlar borligi, mavjud imkoniyatlardan to‘la foydalanib, jamiyatga kerakli kadr bo‘lish uchun harakat qilish shartligi haqida ta’kidladi.
Tadbirda Yunusobod tumani IIOFMB Universitet huquq-tartibot maskani profilaktika katta inspektori mayor Ubaydullaev Abzal Rixsiboevich ishtirok etib bugungi kundagi huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, sodir bo‘layotgan kiberjinoyatchilik mazmun-mohiyati va uning oqibatlari to‘g‘risida hayotiy misollar keltirib, mamlakatimizdagi tinch-osoyishta hayotning qadriga etib ta’lim olishi zarurligi haqida aytib o‘tdi. Tadbir so‘ngida dunyodagi tahlikali vaziyatlar, giyohvandikning salbiy oqibatlari yoritilgan videorolik qo‘yib berildi.
“SXTE va B” fakulteti dekani o‘rinbosari J.Turdiev axboroti
Fakultet matbuot xizmati