Ustozlarga ehtirom!

Faxriylarga ehtirom ularning ezgu xizmatlariga munosabat va taqdirlash hamdir. “9 may - Xotira va qadrlash kuni” umumxalq bayrami munosabati bilan institutimizning “Tillar” kafedrasi professori Batirova Margarita Azizovna xonadoniga tashrif buyurilib, ustoz bayram bilan tabriklandi, qadriyatlarimizga muvofiq hurmat va ehtirom koʻrsatildi. Zero, xalqimizda, “Inson qadri muqaddasdir!”.

 

“SXTE va B” fakulteti yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari J.Turdiyev axboroti

Institut matbuot kotibi Raximboy Jumaniyozov