Turonbankning ishlab chiqarish XV seminari

Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti B-bino 109-auditoriyasida “Iqtisodiyot” fakultetida tahsil olayotgan “TURONBANK” ATB stependiat talabalari va professor o‘qituvchilari uchun 15.02.2025 yilda “TURONBANK” ATB Operatsion departamenti direktori Aziz Aripov bilan " Tashqi iqtisodiy faoliyat va uning mexanizmlari  («Turonbank» АTB Misolida)" mavzusida 2024-2025 o‘quv yili uchun rejalashtirilgan XV-seminar tashkil qilindi.

Aziz Aripov  tomonidan TIF tushunchasi, Mijozlarining tashqi savdo faoliyati, Xorijiy davlat valyutalari va konvertatsiya amaliyoti, Mijozlarning tashqi savdo faoliyati jarayonida tomonlarning oʼzaro xisob-kitoblari,  Bankning xalqaro munosabatlari, Savdoni moliyalashtirish va dokumentar amaliyotlari bo’yicha malumotlar berdi.

TIF – bu tashkilotlarning jaxon bozorlarida ishlash yoʼnalishi boʼlib, u quyidagi funksiyalarni oʼz ichiga oladi:

tashqi iqtisodiy strategiyani;

ishlash shakllari;

ishlash usullari.

 Maruza yuzasidan talaba yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.

 

“Iqtisodiyot” fakulteti dekani o‘rinbosari

U.Xoliyorov  ma’lumoti

 Universitet matbuot xizmati