Turonbankning ishlab chiqarish VI seminari
“Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti B-bino 109-auditoriyasida “Iqtisodiyot” fakultetida tahsil olayotgan “TURONBANK” ATB stependiat talabalari va professor o‘qituvchilari uchun 26.10.2024 yilda “TURONBANK” ATB Monitoring va nazorat departamenti direktor orinbosari Utanov Uygun bilan "Turonbank ATB tizimida Kreditlarni monitoring qilish tartibi" mavzusida 2024-2025 o‘quv yili uchun rejalashtirilgan V-seminar tashkil qilindi.
Utanov Uygun tomonidan kredit va unga tenglashtirilgan operatsiyalar bo‘yicha monitoring o‘tkazish tartibi, dastlabki monitoring, maqsadli ishlatish monitoring, joriy monitoring, monitoringni amalga oshirish muddatlari, monitoringni amalga oshirish jarayoni, potensial muammoli va muammoli kreditlarni aniqlash to‘g‘risida ma’lumotlar berdi. Ma’ruza yuzasidan talaba yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.
“Iqtisodiyot” fakulteti dekani o‘rinbosari
U.Xoliyorov ma’lumoti
Universitet matbuot xizmati
- Слайд - Кредитлар мониторинги.pptx ( 0.58mb )