“O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi”ga tashrif

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirining joriy yilning 16 apreldagi 87-01-253 - sonli xatiga muvofiq, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti talabalarining O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi qurilishi bilan tanishish reja-jadvali tasdiqlandi. Shunga asosan, 2019 yil 7 may kuni “Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari J.Turdiev, guruh murabbiylari S.Mavlonov va A.Shermuhammedovlar hamda bir guruh talabalar Toshkent shahridagi “O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi” qurilishi jarayonlari bilan borib tanishishdi.

“Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari J.Turdiev axboroti

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov