Meva - sabzavot saylida

2018 - yil 2 - noyabr kuni talabalarning bo'sh vaqtini unumli o'tqazish maqsadida 3-TTJ da “Meva-sabzavotlar” sayli bo'lib o'tdi. Ushbu sayl tanlov ko'rinishida o'tkazildi, va bu tanlovda 3-TTJda istiqomat qiluvchi 4 ta fakultet talabalari o'zaro bellashishdi. Tanlovda odil hakam sifatida Yoshlar bilan ishlash bo'yicha prorektor Q. Shavvazov, "Yerdan foydalanish va yer kadastri" fakulteti  dekani Z. Muqimov, "Gidromelioratsiya" fakulteti dekani Norov B, "Gidrotexnika qurilishi" fakulteti dekani Xasanov B, "Suv xo'jaligini tashkil etish va boshqarish" fakulteti dekan o'rinbosari Alimov U, "Gidromelioratsiya" fakulteti dekan o'rinbosari Muqimov B, Talabalar turar joyi direktori Yuliyev Z, TIQXMMI psixologi Narmetova Y, "Gidromeloratsiya" kafedrasi assistenti Mardiyevlar fakultetlar tayyorlagan ijodiy ishlarini baholab bordilar. Tadbirni 3-TTJ tarbiyachi pedagogi A. Xaitova tashkillashtirdi. Tanlov juda qizg'in tarzda o'tkazildi. Bu tanlovda faxrli 3-o'rinni “Yerdan foydalanish va Yer kadastri” fakulteti va “Qishloq xo'jaligini meхanizatsiyalash” fakultetlari 2-o'rinni “Gidromelioratsiya” fakulteti, faxrli 1-o'rinni esa “Suv xo'jaligini tashkil etish va boshqarish” fakultetlari qo'lga kiritdi. Tanlovda  g'olib bo'lgan va tanlovni tashkillashtirishda yaqindan yordam bergan talabalar esdalik sovg'alari, diplom va faxriy yorliqlar bilan  taqdirlandi.

Tarbiyachi pedagog Aziza Hayitova axboroti

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov