​Inson xotirasi aziz va muqaddas

Xotirlash insonning jamiyatdagi o’rni va ezgu xizmatlariga munosabat demakdir. Inson xotirasi aziz va muqaddasdir. 28 – yanvar kuni Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti "Suv xo'jaligini tashkil etish va boshqarish fakulteti" Yoshlar kengashi faol talabalari xayrli bir ishni amalga oshirishdi. Birinchi prezidentimiz Islom Abdug'aniyevich Karimovning tavallud ayyomining 81 yilligi munosabati bilan ularni xotirlash muhim qadriyat. Faol talabalar buyuk bobomizni xotirlab ularning nomiga qad rostlagan haykal hamda Islom Karimov muzeyiga birgalikda tashrif buyurishdi.

“Suv xo'jaligini tashkil etish va boshqarish” fakulteti Yoshlar yetakchisi Iskandarov Haytboy axboroti

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov