Til bilgan el bilar

2019 yil 28 mart kuni TIQXMMI 2-maʼruzalar zalida “Tillar” kafedrasi professor-oʻqituvchilari E.Yusupov, U.Tasheva, I.Allenova hamda “SXTE va B” fakulteti dekani oʻrinbosari J.Turdiyevlar hamkorligida institutning “SXTE va B” va “QXM” fakultetlari talabalari uchun taklif etilgan Moskva Davlat pedagogika instituti professori Yanchenko Vladislav Dmitriyevich ishtirokida “Rus tilini oʻrganishning zamonaviy usullari” mavzusida maʼruza va mahorat darsi oʻtkazildi.

Tadbirda talabalarimizni rus tilini oʻrganishga boʻlgan qiziqishlari oʻtkazilgan savol-javoblar va interaktiv oʻyinlarda namoyon boʻldi. Bugungi kunda yoshlar orasida rus tilini oʻrganish va unga qiziqish yuqori boʻlayotganligi koʻrishimiz mumkin. Maʼruza qizgʻin savol-javoblar asosida oʻtdi.

“SXTE va B” fakulteti dekani oʻrinbosari J.Turdiyev axboroti

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov