Teatr - madaniyat manzilgohi

2020-yil 17-dekabr kuni soat 18:30 da “Suv xoʼjaligini tashkil etish va boshqarish” fakultetining 1-kurs talabalari “Yoshlar bilan ishlash boʼyicha” dekan oʼrinbosari J. Turdiev hamrohligida Oʼzbekiston Davlat Аkademik Rus drama teatriga tashrif buyurishdi. Teatrda “Chyornaya Burka” spektakli namoyish etildi. Spektakl va sahna dekoratsiyalari talabalarda katta qiziqish va zavq ulashdi. Talabalarni madaniy dam olishlari uchun yaratib berilayotgan yordamlari uchun Institut rahbariyatiga talabalar nomidan katta minnatdorchilik bildiramiz.

TIQXMMI matbuot xizmati