Oʻquvchi qalbiga yoʻl

Maktab oʻquvchilarining institutimizga tashrifi bir jihatdan ularning bilim va salohiyatlarini oshishiga xizmat qilsa, ikkinchi tomondan bizning sohamizga, irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashtirish jabhasiga qiziqishini orttiradi. Natijada ular qalbida aynan institutimizda oʻqish va qishloq xoʻjaligi va irrigatsiya yoʻnalishi boʻyicha yaxshi mutaxassis boʻlish istagi nish uradi.

“Ibratli, ijodkor insonlar” ruknida taniqli sanʼatkorlar bilan uchrashuvda “Suv xoʻjaligini tashkil etish va boshqarish” fakulteti dekani O.R.Kucharovning tashabbusi bilakn Toshkent shahar Shayxontahur tumanidagi 192 – sonli maktab oʻquvchilari maktab direktori Dildora Shavkatovna rahbarligida ishtirok etishib estetik zavq olishdi. Ular ayni paytda institutimiz tarixi va buguniga oid maʼlumotlar, eksponatlar va laboratoriyalar bilan tanishtirildi. “Suv xoʻjaligini tashkil etish va boshqarish” fakulteti yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari Jamshid Turdiyev ushbu vazifani bajarish asnosida oʻquvchilarning qiziqish bilan bergan savollariga toʻla javob berdi. Oʻquvchilar mamnun holda katta taassurotlar bilan qaytishdi.

Institut Matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov