8  mart-“Xalqaro xotin qizlar kuni”

8  mart-“Xalqaro xotin qizlar kuni” munosabati bilan 2019 yil 6 mart kuni soat 12:50 da B-o‘quv binosi Anjumanlar zalida “Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” fakultetning talaba qizlarini tabriklash va institut rektorining tabrigini yetkazish maqsadida bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirni fakultet dekani Z.Muqimov ochib institut rektorining talaba qizlarga yo‘llagan bayram tabrigini o‘qib eshittirdi. 

Bugungi kunda fakultetda 153 nafar iqtidorli talaba qizlar tahsil olib kelmoqdalar. Talaba qizlar ichida M.Jumaeva “Islom Karimov” nomli davlat stipendiyasi “Kamolot” stipendiyasi, R.Isakuzieva “Navoiy” nomli davlat stipendiyasi, M.Abduraxmonova “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni sovrindori bo‘lgan. Talaba qizlarni taqdirlash va bayram bilan tabriklash maqsadida institut Moliya va iqtisodiyot ishlari bo‘yicha prorektori B.Xasanov, institut bosh hisobchisi I.Xasanov, Monitoring va ichki nazorat bo‘lim boshlig‘i M.Yahyaev va  fakultet professor o‘qituvchilari ishtirok etdi. Tadbirda fakultetning barcha talaba qizlariga institut rektorining tabrigi va sovg‘alar ulashildi.

 

Rasmiy telegram kanal @ilovetiiame