Ulug‘ shoir ijodiga ehtirom

 2021-yil 5-fevral kuni soat 11:30da “Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” fakulteti B-bino, 1-o‘quv auditoriyasida “Buxgalteriya hisobi va audit” ta’lim yo‘nalishi 1-kurs, 108-(rus)guruh murabbiysi Inoyat Yuldasheva guruh rahbarligida talabalar tomonidan O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston qahramoni Abdulla Oripov ijodi va hayot yo‘li, she’riyatini o‘rganish, she’rlarini yod olish, ehtirom ko‘rsatish maqsadida talabalar tomonidan “Abdulla Oripov ijodi-barhayot” mavzusida ochiq dars o‘tkazildi. Ma’rifiy darsda fakultet dekani R.Xakimov, dekan o‘rinbosari J.Turdiev, kafedra mudiri A.Axmedov hamda kafedra professor-o‘qituvchilari Sh.Xodjimuxamedova, A.Bobojonovlar ishtirok etishdi. Talabalar tomonidan A.Oripov ijodi va bosib o‘tgan hayot yo‘li, she’rlarini yod olishib yig‘ilganlarni o‘z mahoratlari bilan lol qoldirishdi.

TIQXMMI matbuot xizmati