O'qitiladigan fanlar

 Bakalavriat bosqichida

 

Fanning nomi

Fan haqida qisqacha ma’lumot

1.

Ingliz tili

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Chet tillar bo‘yicha ta’limning barcha bosqichlari bitiruvchilarining tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar”iga ko‘ra oliy ta’lim muassasalarining ixtisosligi chet tili bo‘lmagan fakultetlari bakalavriat bosqichi bitiruvchilari  uch  yillik tahsillari nihoyasida o‘rgangan chet tili bo‘yicha  V1+ darajani egallashlari  lozim.

 

2.

Amaliy ingliz tili,

4 bosqich

 

Vazirlar Maxkamasining “Chet tillari bo‘yicha ta’limning barcha bosqichlari bitiruvchilarining tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar” ga ko‘ra oliy ta’lim muassasalarining ixtisosligi chet tili bo‘lmagan fakultetlari magistratura boskichi bitiruvchilari ikki yillik tahsillari nihoyasida ingliz tili buyicha V2 darajasini egallash va mustahkamlashlari lozim.

Ushbu amaliy  chet tili kursi shu tilda erkin tushunadigan va o‘z fikrini ifodalay oladigan, simpozium va konferensiyalarda ishtirok etadigan, ish qog‘ozlarini yozadigan, maqolalarni tahrir qiladigan, texnika va jahon iqtisodiyoti bo‘yicha xar tomonlama yetuk kadrlar tayyorlashni ta’minlashi zarur.

 

 

Magistratura bosqichida

 

Fanning nomi

Fan haqida qisqacha ma’lumot

 

Amaliy ingliz tili,

Ushbu amaliy  chet tili kursi shu tilda erkin tushunadigan va o‘z fikrini ifodalay oladigan, tayyorgarlik darajasida prezentatsiya qilaoladigan, ish qog‘ozlarini bemalol yozadigan, ilmiy maqolalarni tahrir qiladigan, texnika va jahon iqtisodiyoti bo‘yicha xar tomonlama yetuk kadrlar tayyorlashni ta’minlashi zarur.

Ushbu dastur magistratura bitiruvchilari uchun o‘zlarini kelajakda tanlaydigan kasbi bo‘yicha chet tilini mukammal egallash uchun ulkan asos yaratib beradi.

Shu bilan birga ushbu amaliy  kurs chet tilini o‘quv dasturida ko‘zda tutilgan boshqa fanlar bilan bog‘lab o‘qitishni e’tiborga olgan holda amaliy, umum-ta’lim, kasb-mahorat maqsadlariga komp­leks yondishishni nazarda tutadi. Institutda o‘qitiladigan amaliy chet tili kursining asosiy maqsadlaridan biri shundan iboratki, ushbu dasturning mazmuni bitiruvchining profes­sional (mutaxassislik) mahorati mazmuniga, ya’ni o‘quv rejasi mazmuniga mos kelishini ta’minlaydi. Shuning uchun ham ushbu dasturni yaratishda mualliflar tegishli kafedralar va kurslar bo‘yicha o‘quv dasturiga kiritilgan amaliy mashg‘ulotlarni maksimal ravishda e’tiborga olishga harakat qiladilar.