To'garaklar

1.“Economist” jamoasi

Iqtisodiyot kafedrasi yosh o‘qituvchisi tomonidan fakultetning uchinchi bosqich talabalari uchun “Iqtisodiyot tarmoqlarida innovatsion loyihalar” nomli kichik kurs tashkil qilingan va “Economist” jamoasi 2021 yilda tashkil qilindi. Dastlabki jarayonda faqat uchinchi bosqich talabalardan iborat jamoa shakllantirildi. Keyingi bosqichda boshqa kurslarni ham jalb rejalashtirilgan.

Bajarilgan ishlar

1.Jaxon banki tomonidan moliyalashtirilgan Akademik innovatsiyalar fondi tomonidan “Agrar innovatsiyalar va resurslar fanlararo laboratoriyasi” loyihasi doirasida monografik tadqiqotlarni tahlil qilish jarayonida muntazam ishtirok etib kelmoqda. Bunda so‘rovnoma tuzish va o‘tkazish, so‘rovnoma ma’lumotlarini umumlashtirish kabi ishlar bajarildi.

2.O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirligida «Yashnobod» innovatsion texnoparki hamkorlikda ishlab chiqgan Respublika miqyosida yangi g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash «Biznes Inkubator» dasturiga jamoa a’zolaridan Nusratullaeva Farida loyihasi saralangan va barcha tanlov bosqichlaridan o‘tgan loyiha sifatida 50 ta loyihalar safiga qabul qilindi va o‘quv-kursni sertifikat bilan tugatdi.

4. “Economist” jamoasi a’zolari O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirligi, Bank-moliya akademiyasi, M-faktor va boshqa motivatsion suhbatlarda ishtirok etib kelmoqda. Keyingi o‘quv yilida ham rejalar va maqsadlar katta olingan va jamoa safi birinchi, ikkinchi kurslar bilan kengaytiriladi. Economist to‘garakga a’zo bo‘lish uchun +998977209992, berdimurodov72@gmail.com manziliga murojaat qiling.

 

2. Kafedrada talabalar ilmiy jamiyatining ish rejasi mavjud. Talabalar ilmiy jamiyatiga 11 nafar talaba jalb etilgan. Talabalar tomonidan bajarilgan ilmiy ishlar natijalari talabalar ilmiy konferensiyalarida ma’ruza qilinadi. To‘garakga a’zo bo‘lish uchun 71-237-19-58

3. “Iqtisodiyot” kafedrasida Germaniyaning Gumboldt Universiteti bilan hamkorlikda “Fanlararo ilg‘or tadqiqot metodologiyasi” nomli xalqaro kurs tashkil etildi. Bundan tashqari, hamkorlikda fundamental loyiha bajarilmoqda. Qozog‘istonning Nazarbay Universiteti bilan hamkorlikda “Tabiiy resurslarni boshqarish va uning iqtisodiyoti” fani bo‘yicha xalqaro kurs tashkil qilindi va mazkur kurs doirasida o‘quv-uslubiy materiallar bazasi shakllantirildi. Germaniyaning IAMO Universiteti bilan hamkorlikda “Akademik yozuv va nufuzli ilmiy jurnallarda maqolalar chop etish”, “Qishloq xo‘jaligida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish” fanlari bo‘yicha seminar-treninglar tashkil etildi. Toshkent Vestministr Universiteti bilan hamkorlikda “Amaliy Ekonometrika va STATA” fani bo‘yicha kurs tashkil qilindi va mazkur kurs doirasida o‘quv-uslubiy materiallar bazasi shakllantirildi. Ushbu dasturga qiziqgan, to‘garakga a’zo bo‘lish uchun https://t.me/konovlions, 977209992 telegram manziligi yoki B bino 206 xonaga murojaat qilishingiz mumkin. Ushbu auditoriyada yana boshqa qiziqarli to‘garaklar ham yo‘lga qo‘yilgan.

1.Loyiha boshqaruvi

2.Biznes rejalashtrish

3.Kompyuter savodxonligi

4.Muloqot psihologiyasi