To'garaklar
“Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasida fan to‘garaklari tashkil etilgan bo‘lib, unga institutning iqtisodiyot sohasiga qiziqish bildirgan barcha talabalar qatnashishadi. “Hisobchi-auditor” ilmiy to‘garagiga kafedra mudiri dotsent Sh.Xodjimuhamedova va professor-o‘qituvchilar rahbarlik qilib kelmoqda.
Talabalarning ilmiy izlanishlari natijalari respublika jurnallari, konferensiyalar to‘plamlarida maqola va tezis ko‘rinishida o‘z aksini topmoqda. To’garakda iqtisodiyotning dolzarb muammolari bo‘yicha izlanishlar olib boriladi.
To’garak rejasiga muvofiq iqtidorli talabalarni fan olimpiadalarida, ko‘rik tanlovlarda ishtirok etishlari, “Ustoz shogird tizimi”ni takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Chunonchi, ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabalari J.Hakimov, J.Mahmudov, U.Shirinboyev hamda 4-kurs talabasi G.Pirnazarova institut Ilmiy Kengashi stipendiyasi sohibi bo‘ldi.
Bu to‘garakda asosan fakultetning 1, 2, 3 va 4-bosqich talabalari ishtirok etadi. Ular aynan “Buxgalteriya hisobi”, “Moliyaviy hisob va hisobot”, “Audit” fanlariga oid kurs ishi, ilmiy referatlar, keyslar va mavzularning prezentatsiyalarini tayyorlash uslubini o‘rganishadi.
2018-2019 o‘quv yilida “Hisobchi-auditor” ilmiy to‘garagida o‘rganiladigan mavzular ro‘yxati:
1. Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida xaridor va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar hisobi va auditi.
2. Suv xo‘jaligi tashkilotlarida pul mablag‘lari hisobi va auditi.
3. Xo‘jalik sub’ektlarining bankdagi hisob-kitob schyotlari bo‘yicha muomalalar hisobi va auditi.
4. Suv xo‘jaligi tashkilotlarida byudjetga soliq va boshqa majburiy to‘lovlar hisobi va auditi.
5. Suv xo‘jaligi tashkilotlarida mehnat haqi hisobi va auditi.
6. Suv xo‘jaligi tashkilotlari moliyaviy hisobotlarini tekshirish hamda natijalarni rasmiylashtirish.
7. Korxonalarda ichki audit xizmatini tashkil etish va takomillashtirish.
8. Suv iste’molchi uyushmalarida buxgalteriya hisobotini tuzish va uning tahlili.
9. Buxgalteriya hisobining soddalashtirilgan tizimi va uni takomillashtirish masalalari.
10. Qishloq xo‘jaligi korxonalarida soliqqa tortishning soddalashtirilgan tizimini qo‘llanilishi va uning hisobi.
11. Suv ta’minoti va kanalizatsiya xizmatlarini ko‘rsatuvchi sub’ektlarda buxgalteriya hisobini tashkil etish.
12. Korxonaning iqtisodiy salohiyati va uning oshirishga ta’sir etuvchi omillar tahlili
13. SIUlarda buxgalteriya hisobini tashkillashtirish va takomillashtirish.
14. Suv xo‘jaligi sub’ektlarini kreditlash va ularning tahlili.
15. Suv xo‘jaligi tashkilotlarida debitorlik va kreditorlik majburiyatlari hisobi.
Har yili kafedra professor - o‘qituvchilari bilan hamkorlikda talabalar tomonidan 50 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar chop ettiriladi.
To‘garakka a’zo bo‘lish uchun telefon (71) 237-19-22
Shafkarov F.X. (B-211 xona)