O'qitiladigan fanlar
|
Fanning nomi |
Fan haqida qisqacha ma’lumot |
1. |
Matematik usullar va modellar |
Fan boʼyicha talabalarning bilim, koʼnikma va malakalariga quyidagi talablar qoʼyiladi. Talaba: - Obʼekt, model tuzish, modellashtirish, algoritmlash, dastur tuzish usullari haqida tasavvurga ega boʼlishi; - Аmaliy dasturlar, dasturiy taʼminot va dasturlash texnologiyasini; - funktsional va hisoblash masalalarini yechish modellarini bilishi va ulardan foydalana olishi; - dasturlash va hisoblash texnikasi hamda dasturiy taʼminot imkoniyatlaridan foydalanish koʼnikmalariga ega boʼlishi kerak. |
|
|
|
2. |
Axborot texnologiyalari va jarayonlarni matematik modellashtirish |
“Аxborot texnologiyalari va jarayonlarni matematik modellashtirish” fani talabalarni axborot jarayonlari va ularni matematik modellashtirish masalalariga uslubiy yondashishga oʼrgatadi, ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifasini bajaradi, nazariy bilimlar, amaliy koʼnikmalar olishlariga yordam beradi. Fan boʼyicha talabalarning bilim, koʼnikma va malakalariga quyidagi talablar qoʼyiladi. Talaba: - axborot, uni saqlash, ularga ishlov berish va ularni uzatish usullari haqida tasavvurga ega boʼlishi; - maʼlumotlar bazalarini, dasturiy taʼminot va dasturlash texnologiyasini; - funktsional va hisoblash masalalarini yechish modellarini bilishi va ulardan foydalana olishi; - dasturlash va hisoblash texnikasi hamda dasturiy taʼminot imkoniyatlaridan foydalanish koʼnikmalariga ega boʼlishi; - Oliy matematika va fizika boʼyicha zarur bilimlarga ega boʼlishi kerak. |
3. |
Ekonometrika |
Fanning asosiy maqsadi talabalarda murakkab iqtisodiy hodisalar va jarayonlardagi bogʼlanishlarni miqdoriy ifodalashni iqtisodiy obʼektlar misolida modellashtirish, ularni kompьyuterda yechish va olingan natijalarni iqtisodiy tahlil qilish boʼyicha bilim, koʼnikma va malakani shakllantirishdir. Ushbu maqsadga erishish uchun fan talabalarga iqtisodiyot va uning tarmoqlari kabi murakkab iqtisodiy tizimlarni anʼanaviy matematik-statistika va maxsus ishlab chiqilgan usullardan foydalanish orqali iqtisodiy koʼrsatkichlar oʼrtasidagi miqdoriy bogʼlanishlarni tahlil qilishni oʼrgatish vazifalarini bajaradi. |
4. |
Iqtisodiyotda ekonometrik modellarni qo`llash |
Fan bo`yicha talabalarning bilim, ko`nikma va malakalariga quyidagi talablar qo`yiladi. Talaba: - ekonometrik va matematik modellar, ularning bir-biridan farqi, iqtisodiyotda ekonometrik modellarni qo`llashning ahamiyati, iqtisodiy jarayonlarni miqdoriy tahlil qilish, ekonometrik modellarni tuzish yo`llari va bosqichlari, modellarni yechish usullari haqida tasavvurga ega bo`lishi; - matematik statistik usullari, kovariatsiya va korreliyatsiyani hisoblash qoidalari, bir o`lchovli chiziqli regressiya, ko`p o`lchovli chiziqli regressiyada noma`lum parametrlarni aniqlash, ko`p o`lchovli regressiya tahlilida vujudga keladigan muammolar va ularni hal qilish yo`llari, ekonometrik modellar yordamida prognoz qilishni, ekonometrik modellarni yechish usullarini bilishni va ulardan foydalana olishi; - iqtisodiy jarayonni nazariy jihatdan tasvirlashi, ekonometrik model ko`rinishini tanlash, modellarni yechish usullarini tanlay olish, ekonometrik modellar yordamida amalga oshiriladigan iqtisodiy yechimni tahlil qilish, uning hususiyatlarini baholash, olingan yechimni biror-bir iqtisodiy jarayonga tadbiq qilish ko`nikmalariga ega bo`lishi kerak. |
5. |
Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni modellashtirish va prognozlash |
Fan bo`yicha magistrlarning bilim, ko`nikma va malakalariga quyidagi talablar qo`yiladi. Magistr: “Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni modellashtirish va prognozlash” o`uv fanini o`zlashtirish natijasida magistr: - iqtisodiy o`sish va rivojlanishni prognozlash va tadbiq qilish, qaror qabul qilish mexanizmining nazariy va amaliy asoslarini, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalana olish imkoniyatlarini, makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy jarayonlarni prognozlash va tahlil qilishning matematik usullarini kompyuterda maxsus dasturlar asosida hisoblash haqida tasavvurga ega bo`lishi; -aholi turmush darajasini ekonometrik tahlil va prognozini amalga oshirish hamda zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalana olishni, iqtisodiy prognoz va tahlil jarayonlarining asosiy ko`rsatkichlarini aniqlab olish, olingan natijalarni iqtisodiy tahlil qilishni bilishi va ulardan foydalana olishi; -fanni o`rganish yuzasidan magistrlar iqtisodiy jarayonlar va ularning milliy iqtisodiyotini rivojlanishidagi ahamiyati, iqtisodiy prognozlash va rivojlanish tadqiqotlarining roli, iqtisodiy rivojlanish va tahlilda matematik modellarni tuzish usullari, ushbu modellarni tuzish uchun zarur bo`lgan statistik ma`lumotlar bilan ishlash va respublikamizning istiqboldagi rivojlanishini kengaytirish imkoniyatlari to`g`risida ko`nikmalarga ega bo`lishi kerak. |