Zakovat-tafakkur o‘yini fakultet bosqichi.

Zakovat-tafakkur o‘yini


Zakovat-tafakkur o‘yini
       2022 - yil 8 - oktabr kuni “TIQXMMI” MTU B-bino ma’ruzalar zalida “Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” fakulteti talabalari uchun “Zakovat” intellektual 1-bosqich saralash o‘yiniga start berildi. Tafakkur o‘yinida fakultetning barcha bosqichlari talabalaridan iborat jamoalar qatnashishni boshlashdi. Dastlab 10 ta jamoalar o‘rtasida bellashuvlar boshlandi. Bilimlar bellashuvini fakultet dekani R.Xakimov kirish so‘zi bilan ochib berib, ishtirokchilarga omadlar tiladi. “Zakovat” intellektual o‘yinining koordinatori va tashkilotchisi fakultetning yoshlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari J.Turdiyev hamda fakultetning tyutorlari. Bosh hakam “Iqtisodiyot” kafedrasi katta o‘qituvchisi Z.Shomirova. Intellektual o‘yini qizg‘in va murosasiz bahslarga boy tarzda o‘tdi.
"SXTE va B" fakulteti dekani o‘rinbosari J.Turdiyev axboroti