Zakovat Intelektual o'yini

      


Joriy yilning 23 sentyabr kuni Universitet rektori B.S.Mirzayev tashabbusi bilan Madaniyat 
saroyida SXTE va B 1-bosqich talabalari uchun ZAKOVAT intellektual o'yinlariga tayyorgarlik 
sifatida bo'lib o'tgan tadbirda Eng iqtidorli 10 nafar  talabaning intellektual
rivojlanishga bo'lgan intilishlarini taqdirlash maqsadida universitetning logotipi 
tushirilgan ko'krak nishoni Zakovat koordinatorlari Z.Shomirova va S.Qodirovlar tomonidan topshirilgan 
edi.O'quv yilininig ilk haftalarida rahbariyatning bunday e'tiboridan talabalarning o'qishga, yanada intellektual o'sishga ishtiyoqi kuchaydi.

SXTE va B fakulteti tyutori M.Vafoyeva axboroti