Xazrati Imom majmuasiga tashrif
Suv xo'jaligini tashkil etish va boshqarish fakulteti turizm yo'nalishi talabalari Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi doirasida Xazrati Imom majmuasiga ziyorat qilgani bordi ziyoratgoxdan joy olgan me'moriy yodgorliklarni tomosha qilib zavqlanib qaytishdi.
(Xazrati Imom majmuasi tarixi)
Hazrati imom majmuasi, Hastimom — Toshkentdagi meʼmoriy yodgorlik (16—20-asrlar); majmua imom Abu Bakr Muhammad ibn Ali Ismoil ash-Qaffol Shoshiy qabri atrofida shakllangan. Qabr va uning atrofida vujudga kelgan qabriston va meʼmoriy yodgorlik majmuasi Hazrati imom nomi bilan ataladi. Dastlab Baroqxon madrasasi, keyinroq Qaffol Shoshiy maqbarasi, 16-asr oxirlarida Suyunchxoʻjaxon va nomaʼlum maqbara, 1579 yilda Abdullaxon II mablagʻiga qoʻsh uslubida Shayx bobohoji maqbarasi qurilgan (saqlan-magan). 16-asrda majmua tarkibida sayrgoh bogʻ barpo etilgan, ayvonlar qurilgan, hovuz atrofi koʻkalamzorlashtirilgan, xalq sayillari oʻtkazilgan. 19-asr oʻrtalarida Toshkent namozgohi (Tillashayx masjidi), Moʻyi Muborak madrasasi, Jome masjidi (saqlanmagan) bunyod etilgan. 20-asr boshlarida Tillashayx masjidi qayta qurilgan. Eshon Boboxon ham shu joyda dafn etilgan. Hazrati Imom majmuasim.da Oʻzbekiston musulmonlari idorasi joylashgan.