“Vatanni madh etgan shoir!”

“Vatanni madh etgan shoir!”

            2022 yil 03 oktyabr kuni Adiblar hiyobonida O‘zbekiston qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov haykali qoshida “TIQXMMI” MTU “Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari J.Turdiev, “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi dotsenti N.Yuldasheva, tyutorlar hamda fakultet iqtidorli talabalari ishtirokida“Vatanni madh etgan shoir!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, “Shuxrat” medali sohibi, shoir Rustam Musurmon ishtirok etdi. Shoir Rustam Musurmon tomonidan ishtirokchilarga O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov ijodi va she’riyati, xotiralari bilan o‘rtoqlashdi. Tadbirda A.Oripov ijodiga mansub she’rlar yod olindi. Faol talabalarimiz ham o‘zlarining ijod mahsullari bilan adabiy kechaga o‘zgacha ruh va fayz qo‘shishdi.

“SXTE va B” fakulteti dekani o‘rinbosari J.Turdiev ma’lumoti

Universitet matbuot xizmati