“Universitet va maktab hamkorligi”

2022 yil 4 mart kuni Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi 12-o‘rta umum ta’lim maktabida bitiruvchi sinf o‘quvchilari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Otashin shoir, tarjimon va drammaturg Usmon Nosir tavalludining 110-yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi 2022-yil 10 fevraldagi PQ-125-sonli qarorining 3.9-bandida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan “Usmon Nosir she’riyatida vatan madhi” mavzusida ma’rifiy uchrashuv o‘tkazildi.

Tadbirda “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi dotsenti Yo‘ldosheva Nilufar Abdullaevna hamda “SXTE va B” fakulteti dekani o‘rinbosari Turdiev Jamshid Rashidovichlar ishtirok etishdi. Uchrashuvda Usmon Nosir hayoti va ijodi uning o‘zbek she’riyatida qoldirgan o‘chmas izi xususida fikrlar bildirildi. Maktab o‘quvchilari tomonidan Usmon Nosir she’rlari yod olinib, uning she’riyati yosh avlod ma’naviy kamolotida muhim ahamiyatga ega ekanligi tarannum etildi. Uchrashuv davomida Usmon Nosir hayoti va ijodiga bag‘ishlangan videorolik namoyish etildi.

“SXTE va B” fakulteti dekani o‘ribosari J.Turdiev ma’lumoti

Universitet matbuot xizmati axboroti