Ulug` vatan urushida erishilgan buyuk g`alaba shatrafiga qurilgan “G`alaba bog`i” tashrif
Bugun 27.04.2022 – sanada “Suv xo`jaligini tashkil etish va boshqarish” fakulteti tyutori hamda fakultet BH va A yo`nalishi 1-bosqich talabalari bilan birgalikda kelayotgan 9-may “Xalqaro xotira va qadrlash” kuni, Ulug` vatan urushida erishilgan g`alabaning 77 yilligi munosabati bilan shahrimizda joylashgan “G`alaba bog`i” ga tashrif buyurishdi. Tashrif ikki qismda: Birinchi qism tashqi bog`ni aylanish va ikkinchi qism tashkil etilgan maxsus muzeyga tashrifdan iborat bo`ldi. G`alaba bog`ini aylanish asnosida Ulug' vatan urushi vaqtida foydlanilgan qurol-aslahalar, o'zbek onalarining ayriliqlardan egilgan boshi tasvirlangan maxsus haykallar, urushning daxshatli suronlarini o`zida mujassamlashtirgan maxsus maydonchalar talabalar ko`nglida vatan uchun qahramonlarcha jon fido qilgan ota-bobolarimiz, ularning buyuk jasoratini kelajak avlod hech qachon yodidan chiqarishga haqli emasligini yana bir bor eslatdi.
Shuni alohida ta`kidlsh lozimki, G`alaba bog`iga amalga oshirilgan bugungi tashrifdan ko`zlangan asosiy maqsadga erishildi desam aslo mubolag`a qilmagan bo`laman. Negaki, talabalar bugungi dorulomon kunlarimiz zamirida ota-bobolarmizning chekkan zahmat, mashaqqatlarini yotganini, mustaqilligimizni, tinchligimizni ko'z qorachig'idek asrash kerak ekanligini qalban his qildilar.
So`zimni yakunlashdan oldin, Zulfiyaning “O‘g‘lim, sira bo‘lmaydi urush” nomli she’rini keltirishning o`zi kifoya deb o`ylayman.
Urush! Noming o‘chsin jahonda!
Hamon bitmas sen solgan alam.
Sen tufayli ko‘p xonadonda
Ota nomli buyuk shodlik kam!...
Bu – tarixning qonli sahifalari, o‘tmishning o‘chmas haqiqati. Bularni o‘rganish, anglash, eslash ajdodlarimiz oldidagi muhim ma’naviy burchimiz bo‘lib, bu o‘z navbatida, tinchlik va osoyishtalik, to‘kin-sochinlikning, yaqinlarning qadriga yetishga undaydi. Tarix xatolaridan munosib xulosa chiqarib, mazmunli yashashga o‘rgatadi.
“Suv xo`jaligini tashkil etish va boshqarish” fakulteti tyutori I.Xolbutayev ma`lumoti.
“TIQXMMI” MTU matbuot xizmati.