Ular she’ri uchdi ko‘p yiroq!
Ular she’ri uchdi ko‘p yiroq!
2022 yil 28 mart kuni “Adiblar hiyobonida” O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov haykali qoshida “Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” fakulteti professor-o‘qituvchilari hamda faol talaba yoshlari ishtirokida A.Oripov ijodi va hayoti, she’riyati tarannum etish va shoir ijodiga bir nazar tashlash maqsadida “Ular she’ri uchdi ko‘p yiroq” mavzusida adabiy, ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilari uyushmasi matbuot kotibi Fozil Farhod, “Sharq Yulduzi” jurnali muharriri Sirojiddin Rauf, “Jahon adabiyoti” jurnali bo‘lim muharriri Muhiddin Rahim, “Yoshlik” jurnali bosh muharriri Nurilla Chori hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Mansur Jumaevlar ishtirok etishdi. Taklif etilgan mehmonlar hamda shoirlar Abdulla Oripov ijodining 20 asr O‘zbek she’riyatida tutgan o‘rni, shoir she’riyatining xususisiyatlari, jahon klassik asarlarining tarjima qilinishi hamda O‘zbek adabiyotida tutga o‘rni, shuningdek, shoirning xalq dardi, mardlik, olijanoblik, vatanparvarlik va vatanni sevish kabi asarlarining bugungi kun yoshlari tarbiyasidagi ahamiyati xususida o‘z fikr mulohazalarini bildirib o‘tishdi. Tadbir davomida Abdulla Oripov ijodiga mansub she’rlar o‘qildi va yod olindi. Fakultetning iqtidorli va she’riyatga ixlosmand talaba yoshlari tomonidan shoir she’rlari yod olindi.
“SXTE va B” fakulteti dekani o‘rinbosari J.Turdiev axboroti
Universitet matbuot xizmati