“Turonbank” ATBning kredit tartibi
2022 yil 5 mart soat 11.30 da "Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish" fakulteti binosidagi tashkil etilgan Turonbank xonasida navbatdagi ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Seminar mavzusi “ATB “Turonbank”ning kredit tartibi”ga bag‘ishlandi. Ushbu mavzu bo‘yicha taqdimotni ATB Tunonbankning Muammoli kreditlar bilan ishlash departamenti direktori o‘rinbosari Ko‘makov Shavkat Norbayevich qildi.
Taqdimotda mamlakatimiz tijorat banklari uchun belgilangan tartib - qoidalar doirasida ATB Turonbankning ichki kredit tizimi to‘g‘risida ma’lumotlar ishtirokchilarga yetkazildi. Seminarda ishtirok etgan professor-o‘qituvchilar, talabalar tomonidan taqdimochilarga 30 dan ortiq savollar tushdi. Barcha savollarga asosli javoblar berildi. Banklarimizda faoliyat olib borayotgan mutaxassisslarning yuqori bilim va madaniyatga egaligidan talabalar katta ijobiy saboq olishdi.
"SXTE va B" fakulteti tyutori I.Xolbutayev ma'lumoti.