«Turonbank» ATBda Islom darchasini tashkil etish

2022-yil 2-aprelda “Suv xo`jaligini tashkil etish va boshqarish” fakulteti Turonbank xonasida fakultetning 2-bosqich BH va A, SXTEB va  sirtqi  Menejment ta`lim yo`nalishi talaba-magistrlari ishtirokida Turonbank xodimi R.Mahmudov tomonidan Turonbank xizmat turalarini kengaytirish, bank mijozlariga xizmat ko`rsatishni yanada qulay qilish maqsadida bank tizimida islom darchasini tashkil etish, uning afzalliklari, foyda-yutuqlari to`g`risida maxsus seminar-trening tashkil etildi.

 

 

 

Shuningdek, seminar-treningda islom darchasini tashkil etish bankchiligining an’anaviy bankchilikdan farqli jihatlari, islom darchasi mahsulot va xizmatlari xususida ham to`xtalib o`tildi. 

 

 

Ushbu seminar-trening savol-javoblarga boy, nihoyatda bahs-munozarali, qizg`in tarzda o`tdi. 

 

"SXTE va B" fakulteti matbuot kotibi I.Xolbutayev axboroti.