Xorijiy kredit linya mablagʻlari hisobidan ajratiladigan kredit turlari

2022 yil 15 oktabrda "Suv xoʼjaligini tashkil etish va boshqarish" fakulьteti fakultetida АTB Turonbank xonasida "Xorijiy kredit linya mablagʻlari hisobidan ajratiladigan kredit turlari"  mavzusi boʼyicha navbatdagi seminar boʼlib oʼtdi. Seminarda АTB Turonbankning Kreditlarni boshqarish departamenti direktor oʼrinbosani quyidagi yo'nalishlar bo'yicha taqdimot qildi. 

  •     Chorvachilikni rivojlantirish, naslli chorva mollari sotib olish, parrandachilikni rivojlantirish, qorakoʼlchilikni rivojlantirish uchun mayda shohli qoʼylar sotib olish;
  • Qishloq xoʼjaligi mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash, qishloq joylarda xizmat koʼrsatish tizimini kengaytirish, shuningdek, turizm va hunarmandchilikni rivojlantirish;
  • Qishloq xoʼjaligining barcha sohalari (paxta, gʼalla yetishtirish va savdodan tashqari)dagi investitsion loyihalar va aylanma mablagʼlarni toʼldirish moliyalashtiriladi;
  • Texnologik uskunalar va maxsus texnika xaridini moliyalashtirish;
  • Germaniya va Yevropa davlatlaridan texnologik uskunalar va maxsus texnika xaridini moliyalashtirish;
  • Intensiv bogʼlar va uzumzorlar yaratish, energiya tejaydigan sugʼorish tizimlari, quyoshdan suv isitish tizimlari va suv koʼtargichlar, meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash va saqlash, meva-sabzavotchilik mahsulotlari qadoqlash tara ishlab chiqarish;
  • Tadbirkorlik faoliyatini qoʼllab-quvvatlash davlat jamgʼarmasi tomonidan koʼrsatiladigan moliyaviy yordam shakllari;
  • Kredit boʼyicha taqdim etilishi mumkin boʼlgan taʼminotlar turlari va ularning qiymati;

Seminar mavzusi bevosita АTB Turonbank misolida boʼlganligi uchun jada qiziqarli boʼlib, savol javoblarga boy boʼldi.

 

    

Seminar ishtirokchilarini hozirda yurtimiz bank tizimida amalga oshirilayotgan ishlar, ayniqsa yurtimizda limonchilik faoliyatini bank tomonidan qo'llab - quvvatlanayotganligi va  banklararo raqobat sharoitida mijozlar bilan ishlashda qoʼllanilayotgan iqtisodiy mexanizm va dastaglar qiziqtirdi. 
Seminarda berilgan savollarga asosli javoblar berildi. Seminar ishtirokchilari АTB Turonbank xodimiga qilingan taqdimot va savollarga berilgan javoblar uchun samimiy minnatdorchiliklar bildirishdi.

SXTEB fakulteti dekani muovini U.Xoliyorov