TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti rektori tabrigi SXTE va B fakulteti talaba qizlariga yetkazildi

03.03.2022 kuni 8-mart "Xalqaro xotin-qizlar kuni" munosabati bilan universitet faollar zalida SXTE va B fakulteti dekani, dekan muovunlari hamda tyutorlar tomonidan fakultet talaba qizlarini bayram bilan tabriklash maqsadida tadbir tashkil etildi.  Fakultet dekani R.Xakimov so`zga chiqib tadbirni boshlab berdilar. Dekan o`z nutqida fakultet qizlariga o`zining samimiy tilaklarini bildirib o`tgan holda, rektorning maxsus tabrik xatini ham yetkazdi. Ushbu tadbir o`ziga xos she`rlar, kuy-qo`shiqlar jarangi ostida o`tkazilib fakultet talaba-qizlariga xursandchiliklar ulashildi.

SXTE va B fakulteti tyutori I.Xolbutayev axboroti.