“Taraqqiyot strategiyasi-faravonlik garovi”
2022 yil 16 fevral kuni “TIQXMMI” MTU ma’ruzlar zalida Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish fakulteti talaba yoshlari uchun f.f.d. professor Qiyomiddin Nazarov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Mirziyoev Shavkat Miromonovich tomonidan belgilab berilgan “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” mazmun-mohiyati va ahamiyati to‘g‘risida ma’ruza qildi. Ma’ruzada
“Inson qadri uchun” tamoyiliga asosan ishlab chiqilgan quyidagi ettita ustuvor yo‘nalishdan iborat Yangi O‘zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi yo‘nalishlari:
-inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish;
-mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish;
-milliy iqtisodiyotni rivojlantirish, uning o‘sish sur’atlarini zamon talablari darajasida ta’minlash;
-adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish;
-ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash, ushbu sohani tubdan isloh etish va yangi bosqichga olib chiqish;
-umumbashariy muammolarga milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda echim topish;
-mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq va pragmatik, faol tashqi siyosat olib borish kabi ustuor yo‘nalishlarni chuqur tahlil qilgan holda talabalarga etkazib berdi. Tadbir qizg‘in savol-javoblar asosida o‘tdi.
SXTE va B fakulteti dekani o‘rinbosari J.Turdiev ma’lumoti
Universitet matbuot xizmati axboroti