Tafakkur o'yini g'oliblari taqdirlandi

Tafakkur o'yini g'oliblari taqdirlandi

Joriy yilning 24 oktyabr kuni universitetimizning Suv xo'jaligini tashkil etish va boshqarish fakultetida o'tkazilgan ZAKOVAT intellektual  o'yini natijalariga ko'ra g'olib jamoalarni taqdirlash tadbiri o'tkazildi. Bu tadbir B-bino  207- o'quv auditoriyasida tashkil  etildi.  Birinchi bosqich turnir natijalariga  ko'ra faxrli o’rinlarni egallagan g'olib jamoalar, shuningdek,  "Eng yaxshi ishtirokchi", "Eng faol jamoa", "Eng iqtidorli ishtirokchi" nominatsiyalar bo'yicha esdalik sovg'alar va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi. Ushbu tadbirda fakultet dekani R.Xakimov, dekan o'rinbosari J.Turdiyev  bosh hakam Iqtisodiyot kafedrasi katta o'qituvchisi Z.Shomirova,  fakultet tyutorlari, fakultet yoshlar yetakchisi sardori va fakultet faol talabalari ishtirok etishdi.

SXTE va B fakulteti tyutori M.Vafoyeva axboroti