“Suv xo`jaligini tashkil etish va boshqarish” fakulteti Havaskor teatr truppasi katta sahnalarda

      Bugun 28.04.2022-sanada “Suv xo`jaligini tashkil etish va boshqarish” fakulteti havaskor teatr jamoasi “Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti Toshkent filiali” universitetida o`tkazilgan spetakllar tanlovida ishtirok etishdi. Ushbu tanlov Mirzo-Ulug`bek tumanida joylashgan oliy ta`lim muassasa talabalari o`rtasida bo`lib o`tdi. Fakultetimiz talabalari Abdulla Oripovning “Sohibqiron” drammasi asosida tayyorlangan sahna ko`rinishlari bilan ishtirok etdilar. Fakultet havaskor teatr jamoasi o`zlariga yuklatilgan vazifani qoyilmaqom qilib ijro etdilar. Talabalardagi aktyorlik iqtidori hakamlarda katta qiziqish uyg`otdi. Fakultetimiz havaskor teatr jamoasiga ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.

 

 

 

Fakultet rahbariyati tomonidan besh tashabbusning birinchi tashabbus doirasida – yoshlarning musiqa, rassomchilik, adabiyot, teatr va sanʼatning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish boʻyicha dasturi asosida amalga oshirilgan say-harakatlar natijasida tashkil qilingan fakultet havaskor teatr jamoasi faoliyatiga katta baho berildi. Kelgusida ushbu jamoa o`z chiqishlari bilan katta-katta  sahnalarni zabt etishni oldilariga oliy maqsad qilib qo`ydilar.

 

“Suv xo`jaligini tashkil etish va boshqarish” fakulteti tyutori I.Xolbutayev ma`lumoti

“TIQXMMI” MTU matbuot xizmati